https://oz.sputniknews.uz/20220211/zuzuning-tugilgan-kuni-ayiqpolvon-meva-sabzovotli-assorti-bilan-siylandi-video-22688499.html
Bugun Zuzuning tug‘ilgan kuni: ayiqpolvon meva-sabzovotli assorti bilan siylandi – video
Bugun Zuzuning tug‘ilgan kuni: ayiqpolvon meva-sabzovotli assorti bilan siylandi – video
Sputnik O‘zbekiston
Bugun ayiq Zuzuning tug‘ilgan kuni. U 6 yoshga to‘ldi.
2022-02-11T20:25+0500
2022-02-11T20:25+0500
2022-02-11T20:25+0500
jamiyat
hayvonot bog‘i
toshkent
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/02/0b/22686637_0:225:1280:945_1920x0_80_0_0_e22da28d44900940175d465272f252e5.jpg
Bugun Zuzuning tug‘ilgan kuni. U 6 yoshga to‘ldi.Bog‘ ishchilari ayiqpolvonni meva-sabzovotli assorti bilan siylashdi.28 yanvar kuni Toshkent hayvonot bog‘ida mudhish hodisa yuz bergandi.Yosh ayol odamlarning ko‘z oldida o‘z qizini ayiq qafasiga tashlab yubordm. Ayiq qizaloqqa zarar yetkazmadi. Hayvonot bog‘i xodimlari ayiqni ichki xonaga olib kirib qizaloqni chiqarib olishdi.Jinoyat kodeksining 25, 97-moddasi 2-qismi “v” bandi (Qasddan odam o‘ldirishga suiqasd qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov olib borilmoqda.Ayblanuvchi tariqasida jalb qilingan ayol ruhiy asab kasalliklari dispanserida ro‘yxatda turganligi ma’lum bo‘ldi. Tergov organi tomonidan sud-psixiatriya ekspertizasi tayinlandi.Qizchaning ahvoli yaxshi, u 18 yoshga to‘lguniga qadar nufuzli tibbiyot markazi nazoratida bo‘ladi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/02/0b/22686637_0:0:1280:960_1920x0_80_0_0_deadbe32a3401a2bde97d217fa22c179.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
bugun zuzuning tug‘ilgan kuni: ayiq assorti bilan siylandi
bugun zuzuning tug‘ilgan kuni: ayiq assorti bilan siylandi
Bugun Zuzuning tug‘ilgan kuni. U 6 yoshga to‘ldi.
“Hozir seni hamma taniydi. Sayyoramizning turli burchagidagi millionlab odamlar sening ulkan va mehribon qalbingdan hayratga tushishdi. Senga bag‘ishlab she’rlar bitishdi, seni namuna qilib ko‘rsatishdi va sen tarixga kiradiganga o‘xshaysan. Sen bunday mashhurlikni xohlaganmiding? Bilmadik. Sen qo‘lingdan kelganini qilding xolos – qutqarding, asrab qolding va jonivorlar — bu ezgulik, anglash va jasorat timsoli ekanligini isbotlab berding”, - deb yozilgan Toshkent hayvonot bog‘i xabarida.
Bog‘ ishchilari ayiqpolvonni meva-sabzovotli assorti bilan siylashdi.
28 yanvar kuni Toshkent hayvonot bog‘ida mudhish hodisa yuz bergandi.
Yosh ayol odamlarning ko‘z oldida o‘z qizini ayiq qafasiga tashlab yubordm. Ayiq qizaloqqa zarar yetkazmadi. Hayvonot bog‘i xodimlari ayiqni ichki xonaga olib kirib qizaloqni chiqarib olishdi.
Jinoyat kodeksining 25, 97-moddasi 2-qismi “v” bandi (Qasddan odam o‘ldirishga suiqasd qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov olib borilmoqda.
Ayblanuvchi tariqasida jalb qilingan ayol ruhiy asab kasalliklari dispanserida ro‘yxatda turganligi ma’lum bo‘ldi. Tergov organi tomonidan sud-psixiatriya ekspertizasi tayinlandi.
Qizchaning ahvoli yaxshi, u 18 yoshga to‘lguniga qadar nufuzli tibbiyot markazi nazoratida bo‘ladi.