To‘rt mingdan ortiq o‘zbekistonlik umra ziyoratini ado etmoqda - foto

© REUTERS / Saudi Ministry of MediaPalomniki na rasstoyanii vo vremya Xadja v Mekke
Palomniki na rasstoyanii vo vremya Xadja v Mekke  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.02.2022
Obuna bo‘lish
To‘rt mingdan ortiq o‘zbekistonlik Makka va Madina shaharlarida umra ziyoratini ado etishmoqda.
Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasining xabariga ko‘ra, Madina shahridagi "PullMan Zam Zam" mehmonxonasida ziyoratchilar karantin talablariga muvofiq har bir xonaga 2 kishidan qilib joylashtirilib, tibbiy niqobda yurishlari ta’minlanmoqda.
Ayni paytda Makkai mukarramada Buxoro, Namangan, Farg‘ona, Samarqand, Toshkent, Xorazm, Andijon viloyati va Toshkent shahridan tashrif buyurgan ziyoratchilar 5 vaqt namozlarini Harami sharifda ado etish baxtiga muyassar bo‘lmoqdalar.
Ziyoratchilar Savr va Nur tog‘lari, Arafot maydoni, Mino, Muzdalifa vodiylari kabi mo‘’tabar qadamjolarga tashrif buyurmoqdalar.
Mavzuga doir so‘nggi materiallar:
Umra reyslari har kuni 2-marta amalga oshiriladi
Umra: o‘zbekistonlik ziyoratchilarining dastlabki guruhi Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketdi
Umra-2022: o‘zbekistonliklar uchun ziyorat qachon boshlanadi va uning narxi qancha
Umra safari narxi nega oshganiga izoh berildi
Yangiliklar lentasi
0