Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston bosh vazirini qabul qildi

© Foto: Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Respubliki Uzbekistan prinyal Premyer-ministra Respubliki Kazaxstan
Prezident Respubliki Uzbekistan prinyal Premyer-ministra Respubliki Kazaxstan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.02.2022
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston bosh vaziri Alixan Smailovni qabul qildi.
TOShKENT, 11 fev — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston bosh vaziri Alixan Smailovni qabul qildi.
© Foto: Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Respubliki Uzbekistan prinyal Premyer-ministra Respubliki Kazaxstan
Prezident Respubliki Uzbekistan prinyal Premyer-ministra Respubliki Kazaxstan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.02.2022
Prezident Respubliki Uzbekistan prinyal Premyer-ministra Respubliki Kazaxstan
O‘zbekiston bilan Qozog‘iston o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantirish va kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv avvalida bosh vazir Alixan Smailov davlat rahbariga Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.
O‘tgan yil dekabr oyidagi sammitda O‘zbekiston va Qozog‘iston yetakchilari erishgan kelishuvlarning amalga oshirilishini ta’minlash borasida ikki mamlakat hukumatlari tomonidan qabul qilinayotgan choralar ko‘rib chiqildi.
Tovar ayirboshlash hajmini orttirish va uning ko‘rsatkichlari muvozanatli bo‘lishiga erishish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, yangi sanoat kooperatsiyasi va logistika markazlari tashkil etishni jadallashtirish, suv, energetika va transport-kommunikatsiya sohalarida o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish, hududlararo muloqotlar va madaniy-gumanitar almashinuvni faollashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Yangiliklar lentasi
0