https://oz.sputniknews.uz/20220211/kaluga-viloyatida-migrantlarga-ayrim-sohalarda-ishlash-taqiqlanadi-22677299.html
Kaluga viloyatida migrantlarga ayrim sohalarda ishlash taqiqlanadi
Kaluga viloyatida migrantlarga ayrim sohalarda ishlash taqiqlanadi
Sputnik O‘zbekiston
Kaluga viloyatida xorijliklarga patent bilan savdo, yo‘lovchi tashish, ishga qabul qilish agentliklari va umumiy ovqatlanish tarmoqlarida ishlash taqiqlanadi
2022-02-11T13:58+0500
2022-02-11T13:58+0500
2023-04-05T18:36+0500
rossiya
migrantlar
migratsiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/692/06/6920642_0:130:3181:1919_1920x0_80_0_0_7ec308b671f3ed7d0a519d8eae534ea4.jpg
TOShKENT, 11 fev — Sputnik. Kaluga viloyatida xorijliklarga patent bilan savdo, yo‘lovchi tashish, ishga qabul qilish agentliklari va umumiy ovqatlanish tarmoqlarida ishlash taqiqlanadi, dedi gubernator Vladislav Shapsha.Shuningdek, Kaluga viloyati chet eldagi vatandoshlarni Rossiyaga ko‘chirish bo‘yicha davlat dasturidan chiqishi ma’lum qilindi.Juma kuni ertalab gubernator Borovskiy tumanidagi migratsiya markaziga rejadan tashqari tashrif buyurib, rus tilini bilmaydigan, ammo tilni bilish to‘g‘risidagi sertifikatiga ega bo‘lgan migrant bilan suhbatlashdi.Shapshaning so‘zlariga ko‘ra, bugundan boshlab, “soxta” sertifikat taqdim etayotgan migrantlarning barcha hujjatlari migratsiya markazi tomonidan tekshirish uchun ichki ishlar organlariga yuboriladi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/692/06/6920642_225:0:2956:2048_1920x0_80_0_0_b1f257922f410eea48c1ecd32fde798e.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
kaluga viloyatida migrantlarga ayrim sohalarda ishlash taqiqlanadi
kaluga viloyatida migrantlarga ayrim sohalarda ishlash taqiqlanadi
Kaluga viloyatida migrantlarga ayrim sohalarda ishlash taqiqlanadi
13:58 11.02.2022 (yangilandi: 18:36 05.04.2023) Kaluga viloyatida migrantlarga iqtisodiyotning ayrim yo‘nalishlarda ishlash taqiqlandi.
TOShKENT, 11 fev — Sputnik. Kaluga viloyatida xorijliklarga patent bilan savdo, yo‘lovchi tashish, ishga qabul qilish agentliklari va umumiy ovqatlanish tarmoqlarida ishlash taqiqlanadi, dedi gubernator Vladislav Shapsha.
"Iqtisodiyotning quyidagi yo‘nalishlari: savdo, yo‘lovchi tashish, ishga qabul qilish agentliklari va umumiy ovqatlanish tarmoqlarida xorijliklarni patent asosida jalb qilishni taqiqlash cheklovini joriy etishga qaror qilindi. Ish beruvchilar bu masalani xodimlar bilan hal qilishlari uchun 3 oy vaqt beriladi", - deb yozilgan viloyat rahbari Telegram-kanalda.
Shuningdek, Kaluga viloyati chet eldagi vatandoshlarni Rossiyaga ko‘chirish bo‘yicha davlat dasturidan chiqishi ma’lum qilindi.
Juma kuni ertalab gubernator Borovskiy tumanidagi migratsiya markaziga rejadan tashqari tashrif buyurib, rus tilini bilmaydigan, ammo tilni bilish to‘g‘risidagi sertifikatiga ega bo‘lgan migrant bilan suhbatlashdi.
Shapshaning so‘zlariga ko‘ra, bugundan boshlab, “soxta” sertifikat taqdim etayotgan migrantlarning barcha hujjatlari migratsiya markazi tomonidan tekshirish uchun ichki ishlar organlariga yuboriladi.