https://oz.sputniknews.uz/20220208/prezident-olimpiya-shaharchasi-loyihasi-bilan-tanishdi-22598728.html
Prezident Olimpiya shaharchasi loyihasi bilan tanishdi
Prezident Olimpiya shaharchasi loyihasi bilan tanishdi
Sputnik O‘zbekiston
Toshkent shahrining Yashnobod tumanida Olimpiya shaharchasi qurilishi rejalashtirilgan. Prezidet Shavkat Mirziyoyev qurilish loyihalari taqdimoti bilan tanishdi.
2022-02-08T09:56+0500
2022-02-08T09:56+0500
2022-02-08T10:01+0500
jamiyat
shavkat mirziyoyev
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/02/08/22598698_0:66:1281:786_1920x0_80_0_0_668fdb6394822356ab8ca1bf1bca1300.jpg
TOShKENT, 8 fev — Sputnik. Toshkent shahrining Yashnobod tumanida Olimpiya shaharchasi qurilishi rejalashtirilgan. Prezidet Shavkat Mirziyoyev qurilish loyihalari taqdimoti bilan tanishdi.Davlat rahbari matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 160 gektarni egallaydigan mazkur shaharchada universal stadion, ochiq va yopiq sport majmualari, yotoqxona, mehmonxona, Chirchiq darosida eshkak eshish havzasi barpo etiladi.Ta’kidlanishicha, bu infratuzilma yirik musobaqalar o‘tkazish va bo‘lajak Olimpiya zaxiralari instituti uchun o‘quv-mashg‘ulot bazasi bo‘ladi.Jumladan, Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida “Chorvoq” turistik-rekreatsion zonasi tashkil etilmoqda. Mirziyoyevga shu boradagi ishlar haqida ham ma’lumot berildi.Unga ko‘ra, Chorvoq suv ombori va Chirchiq darosi bo‘yida ekoturizm obyektlari barpo etiladi. Buning uchun avvalo qulay transport tizimi yo‘lga qo‘yiladi. “Chorvoq darvozasi” va “Yusufxona” hududlarida dam olish joylari, Janubiy Xo‘jakentda an’anaviy tog‘ qishlog‘i barpo etiladi. Hududning xushmanzara tabiati va relyefini saqlab qolishga alohida e’tibor qaratiladi. Bog‘lar, piknik joylari, velosiped yo‘laklari tashkil qilinadi. Shunday loyiha Chimon hududida ham rejalashtirilgan.Bo‘stonliq tumanini qanday o‘zgarishlar kutaptiDavlat rahbari bu majmualar ommabop bo‘lishi zarurligini ta’kidlab, barcha fuqarolar, turli kasb egalariga mos arzon va qulay xizmatlar taklif etish vazifasini qo‘ydi.Toshkent shahrini yondosh hududga kengaytirish, yangi quriladigan mavzelarni infratuzilma va transport xizmatlari bilan ta’minlash bo‘yicha loyiha konsepsiyasi ham ko‘rib chiqildi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/02/08/22598698_72:0:1207:851_1920x0_80_0_0_2c39a449b471fb3ad858a439613b674f.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
shavkat mirziyoyev olimpiya shaharchasi qurilishi loyihasi
shavkat mirziyoyev olimpiya shaharchasi qurilishi loyihasi
Prezident Olimpiya shaharchasi loyihasi bilan tanishdi
09:56 08.02.2022 (yangilandi: 10:01 08.02.2022) Bu infratuzilma yirik musobaqalar o‘tkazish va bo‘lajak Olimpiya zaxiralari instituti uchun o‘quv-mashg‘ulot bazasi bo‘ladi.
TOShKENT, 8 fev — Sputnik. Toshkent shahrining Yashnobod tumanida Olimpiya shaharchasi qurilishi rejalashtirilgan. Prezidet Shavkat Mirziyoyev qurilish loyihalari taqdimoti bilan tanishdi.
Davlat rahbari matbuot xizmati
xabariga ko‘ra, 160 gektarni egallaydigan mazkur shaharchada universal stadion, ochiq va yopiq sport majmualari, yotoqxona, mehmonxona, Chirchiq darosida eshkak eshish havzasi barpo etiladi.
Ta’kidlanishicha, bu infratuzilma yirik musobaqalar o‘tkazish va bo‘lajak Olimpiya zaxiralari instituti uchun o‘quv-mashg‘ulot bazasi bo‘ladi.
Jumladan, Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida “Chorvoq” turistik-rekreatsion zonasi tashkil etilmoqda. Mirziyoyevga shu boradagi ishlar haqida ham ma’lumot berildi.
Unga ko‘ra, Chorvoq suv ombori va Chirchiq darosi bo‘yida ekoturizm obyektlari barpo etiladi. Buning uchun avvalo qulay transport tizimi yo‘lga qo‘yiladi. “Chorvoq darvozasi” va “Yusufxona” hududlarida dam olish joylari, Janubiy Xo‘jakentda an’anaviy tog‘ qishlog‘i barpo etiladi. Hududning xushmanzara tabiati va relyefini saqlab qolishga alohida e’tibor qaratiladi. Bog‘lar, piknik joylari, velosiped yo‘laklari tashkil qilinadi. Shunday loyiha Chimon hududida ham rejalashtirilgan.
Davlat rahbari bu majmualar ommabop bo‘lishi zarurligini ta’kidlab, barcha fuqarolar, turli kasb egalariga mos arzon va qulay xizmatlar taklif etish vazifasini qo‘ydi.
Toshkent shahrini yondosh hududga kengaytirish, yangi quriladigan mavzelarni infratuzilma va transport xizmatlari bilan ta’minlash bo‘yicha loyiha konsepsiyasi ham ko‘rib chiqildi.