O‘zbekiston Rossiya va Belarus Ittifoq davlatiga qo‘shilishi mumkin - Lukashenko

© Press-slujba prezidenta Belorussii / Mediabankka o‘tishPrezident Belarusi Aleksandr Lukashenko
Prezident Belarusi Aleksandr Lukashenko  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.02.2022
Obuna bo‘lish
Lukashenko Rossiya va Belarusdan iborat Ittifoq davlatiga Turkmaniston, O‘zbekiston va Tojikiston ham qo‘shilishi mumkinligini aytdi.
Rossiya va Belarusdan iborat Ittifoq davlatiga Turkmaniston, O‘zbekiston va Tojikiston ham qo‘shiladi, deya ishonmoqda Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko.
Solovyov LIVE” kanalida e’lon qilingan intervyuda Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko 1999-yilda Rossiya va Belarus ishtirokida tuzilgan Ittifoq davlati kengayishi mumkinligini aytgan.

“Bilasizmi, Belarus allaqachon ushbu ittifoqda. Qozog‘iston uchun yanvardagi noroziliklari yaxshi saboq bo‘ladi deb o‘ylayman. Agar siz 15-yillik muddat desangiz, agar biz xatoga yo‘l qo‘ymasak, Ukraina Ittifoqqa qo‘shilishiga ishonchim komil”, – dedi Lukashenko.

U Armaniston “hech qayerga bora olmasligi” sabab Ittifoq davlatiga qo‘shilishini taxmin qildi. Ozarbayjonni esa Turkiya “juda jiddiy qo‘llab-quvvatlayotgani”ni aytadi. “Biz bu bo‘yicha ko‘p xatolarga yo‘l qo‘ydik, bu – alohida mavzu”, ta’kidladi u.

“Turkmaniston, O‘zbekiston va Tojikistonga kelsak, avvalo iqtisodiy zaruratdan kelib chiqib, o‘ylaymanki, ular ham qo‘shiladi”, – dedi Aleksandr Lukashenko.

Ittifoq davlati – bu Rossiya va Belarusning millatlararo tuzilmasi, bosqichma-bosqich yagona siyosiy, iqtisodiy, harbiy, bojxona, valyuta, huquqiy, gumanitar, bozor va madaniy hudud tashkil etiladi.
Uyushmaning rivojlanishi 2021-yilda boshlandi. 2023-yilning 1-dekabriga qadar davlat rahbarlari yagona gaz bozori haqida kelishuv imzolashni rejalashtirmoqda.
Yangiliklar lentasi
0