Chor Bakr me’moriy yodgorlik hududidagi yer noqonuniy auksionga qo‘yilgan

© Maks AlpertMemorialniy ansambl Char-Bakr
Memorialniy ansambl Char-Bakr - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.02.2022
Obuna bo‘lish
Madaniy meros agentligi: madaniy meros obyektining muhofaza tegralarida yer uchastkalari ijaraga va mulk huquqi asosida noqonuniy elektron onlayn-auksionga qo‘yilgan.
TOShKENT, 8 fev — Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda Chor Bakr me’moriy yodgorlik hududidagi yer auksionga qo‘yilgani to‘g‘risida xabarlar tarqaldi. Uni YuNESKO Umumjahon merosi obyektlari ro‘yxatiga kiritish choralari ko‘rilmoqda.
Turizm va sport vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi bu xabarga munosabat bildirib, majmuaning muhofaza tegralarida yer uchastkalari ijaraga va mulk huquqi asosida noqonuniy elektron onlayn-auksionga qo‘yilganini ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, Buxoro viloyati Madaniy meros boshqarmasi "Chor Bakr" majmuasi qo‘riqlanadigan tegrasidan 0,018 gektardan jami 6 ta (0,108 gektar) bo‘sh turgan yer uchastkasini "YerElectron" avtomatlashtirilgan axborot tizimidan chiqarib tashlash choralarini ko‘rishni bildirgan.
Bunga javoban Davlat kadastrlar palatasi Buxoro viloyati boshqarmasi murojaat Kadastr agentligining Davlat kadastrlar palatasiga yuborilganini ma’lum qilgan.
Shuningdek, viloyat madaniy meros boshqarmasi 10-yanvar kuni Buxoro tumani hokimiga, "YerElectron" tizimiga qo‘yilgan 6 ta yer uchastkalarini auksiondan chiqarishda va "Chor Bakr" majmuasining muhofaza tegralarida tarixiy-madaniy muhiti, tabiiy landshafti va o‘ziga xosligini saqlab qolish maqsadida uning muhofaza tegralarida barcha turdagi yangidan amalga oshiriladigan qurilish-ta’mirlash ishlarini Madaniy meros agentligi bilan kelishilgan holda olib borilishi yuzasidan murojaat yo‘llagan.
Mazkur holat yuzasidan materiallar huquqiy baho berish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.
Chor Bakr XVI-XX asrlarga mansub bo‘lgan tarixiy yodgorlik. Majmua Buxoro tumani Shergiron mahallasida joylashgan va davlat muhofazasiga olingan.

Mavzuga oid:

Parkentda arxeologik yodgorlik hududi g‘isht ishlab chiqarish korxonasiga sotib yuborilgan
Qoraqalpog‘istonda tarixiy yodgorlik qabristonga aylantirilgani tekshirilmoqda - foto
Madaniy meros obyektlariga zarar yetkazganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi
Yangiliklar lentasi
0