Makronning Moskva umidlari o‘zini oqlaydimi

© AFP 2023 / LUDOVIC MARINPrezident Fransii Emmanuel Makron i rossiyskiy lider Vladimir Putin
Prezident Fransii Emmanuel Makron i rossiyskiy lider Vladimir Putin - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.02.2022
Obuna bo‘lish
Putin Makron bilan u Yelisey saroyi xo‘jayini "yaxshi yigit bo‘lgani" uchun emas, balki bugungi birlashgan Yevropada Makron yetarlicha siyosiy obro‘ga ega ekanligi uchun suhbatlashish niyatida.
Vladimir Putin bugun fransiyalik hamkasbini qabul qiladi: Emmanuel Makron Moskvaga Rossiya yetakchisi bilan deyarli butun bir kunni o‘tkazish uchun kelmoqda. Muzokaralar, fransuz OAVlarining xabar berishicha, asosan yuzma-yuz bo‘lib o‘tadi, munozalardan keyin qo‘shma matbuot anjumani rejalashtirilgan, dastur kechki taom bilan yakunlanadi.
Ma’lum qilinishicha, "do‘stlar davrasida".
Ta’kidlanishicha, bu nodavlat va norasmiy tashrif, Putin Makron bilan u Yelisey saroyi xo‘jayini "yaxshi yigit bo‘lgani" uchun emas, balki bugungi birlashgan Yevropada Makron yetarlicha siyosiy obro‘ga ega ekanligi uchun suhbatlashish niyatida. Albatta, mutlaq emas, balki nisbiy ma’noda.
Agar, masalan, Fransiya prezidenti o‘sha yevroburokrat karyerasidan boshqa narsasi bo‘lmagan fon der Lyayen yoki "xalqaro ishlar va xavfsizlik bo‘yicha oliy vakil" nomi ulug‘ lavozimidan boshqa hech vaqosi yo‘q fon der Lyayen o‘rinbosari Borrel bilan taqqoslansa.
Agar umuman janjallarga aralashib qolgan va unga o‘zini qutqarish uchun bu bosh vazir lavozimidan ixtiyoriy ravishda ketish yagona chora bo‘lgan Boris Jonson bilan taqqoslansa.
Putin uchun Makron Fransiya prezidenti Rossiya siyosati haqida qattiq gapirgan bo‘lsada, hamisha diplomatga xoslikka amalga qilishga harakat qilgani uchun ham darajadagi suhbatdosh bo‘lib qolmoqda.
Bu, aytishganlariday, bir necha argumentning uning tarafida.
Biroq qarshi bo‘lgan argumentlar ham bor.
Ularni Fransiya prezidentining o‘zi kuni kecha chop qilingan intervyuda bayon qildi.
Makron quyidagilarni ma’lum qildi: "Biz Ukraina va Rossiyani, Belarus va Rossiyani ajratib turuvchi chegaralarda militarizatsiya qanday amalga oshirilayotganini kuzatapmiz, biz buning uchun piyoda va aviatsiya vositalaridan foydalanilayotganini ham ko‘rapmiz, biz harbiy mag‘lulotlar olib borilayotganini ko‘rapmiz. Bu vaziyatda biz saqlagich rolini o‘ynash niyatidamiz, muloqot yordamida keskinlik kamaytirish va harbiy mojaroning oldini olmoqchimiz"
Darhol diqqatni qaratadigan ikkinchi narsa: Makron uchun 2008-yilda harbiy ig‘voni Gruziya uyushtirmagan, balki Rossiya bu mamlakatga nisbatan tajovuz qilgan, 2014-yilda referendum tashkil qilib, o‘z taqdirini hal qilgan Qrim emas, balki uni Moskva bosib olgan.
Biroq, boshqa tomondan, ma’lumki, Makron Putindan farqli o‘laroq, umuman olganda, bog‘liq qo‘llar bilan bu muzokarani olib boradi.
Bu vaziyatda u asosiy Yevropa chizig‘idan chetga chiqolmaydi, bu chiziq shunday belgilanadi: "Qit’aning barcha muammolarida – ham ichki, ham tashqi – Rossiyani ayblash lozim".
U o‘zaro yon berish yo‘llarini izlash kayfiyatida ham bo‘lmasligi kerak, zero bu holat uning ham mamlakatdagi, ya’ni Parijdagi, ham Yevropa Ittifoqidagi, ya’ni Brusseldagi, siyosiy dushmanlari tomonidan foydalaniladi.
Uni shunchaki "Putinga nisbatan o‘ta yumshoqlikda" ayblashadi.
Va bu xato deb aytishlari mumkin, jinoyatdan ham yomonroq bo‘lgan xato.
Agar Putin ortidan uning xalqi va mamlakati turgan bo‘lsa, so‘nggi haftalar ichida Makron harakatlarini ma’qullash reytingi qulab bormoqda, Fransiya prezidentining mashhurlik darajasi har hafta bir necha foizga pasaymoqda.
Makronning Moskva missiyasi uchun halokatli bo‘lishi mumkin bo‘lgan asosiy cheklov oydan ravshan.
Bu safar dasturi.
Dastur kelasi kuni Kiyevga borishni nazarda tutadi.
U yerda Fransiya yetakchisi "katta ukrain uslubi" ishqivozlari tomonidan tuzilgan "a lya Maydan" menyusi kutib turibdi, albatta.
Dasturda "Maydan qahravonlari" monumentiga borish, prezident Zelenskiy bilan muloqot va hokazolar ham bor.
Hozirgi Ukraina rahbariyati bilan uchrashuvga qadar Makron avvaliga Rossiya yetakchisi bilan uchrashayotgani uchun o‘zini oqlayotgandek, yuqorida tilga olingan intervyuda bir necha marta takrorladiki, "Ukraina – bu Yevropa" va "Ukraina – bu Yevropa davlati" va boz ustiga barcha yevropaliklarni birodarlar deb atadi.
Bu ko‘proq fransuzlarning o‘ziga emas (ularning 95 foizi birinchi urinishdan va aytib turishsiz xaritada Ukrainani ko‘rsata olishlari dargumon), balki Kiyevga qaratilgan. Aftidan, asabiylashayotgan Parijning kichik hamkorlarini tinchlashtirishi va ular "Fransiya xoinligi" mavzusini ko‘tarib chiqmasliklariga qaratilgan.
Biroq eng muhimi quyida.
Moskvada ikki yetakchi uchrashmoqda, ularning har biriga, Kiyev to‘dasidan farqli o‘laroq, ular o‘zlari aybi bilan yuzaga kelmagan hozirgi inqirozni biroz yumshatishlari darkor.
Na Putinga, na Makronga, turli sabablarga ko‘ra bo‘lsa ham, hozirni vaziyatni keskinlashtirishdan naf bor. Uni, g‘arblik kontragentlarimiz aytayotgandek, ehtimoliy harbiy mojaroga olib talab qilinmaydi.
Bu vaziyatda ular va ular rahbarlik qilayotgan mamlakatlar benefitsiar bo‘lishmaydi.
Yevropadagi ziddiyatdan "pechenye" oladigan asosiylar – bu, birinchidan, "Rossiya tajovuzining baxtiqaro qurboni" niqobi ostida zaxira va ko‘p millionli moliyaviy yordamga erishi mumkin bo‘lgan Ukraina, ikkinchidan, o‘z ichki muammolarini urush yordamida hal qiladigan AQSh. Yarim asrki shunday qilib kelishmoqda.
Aynan bu holat – bugun Putin va Makron siyosiy jihatdan tushadigan – Fransiya prezidentining Kiyev tomoniga ta’zim qilishiga qaramasdan, geosiyosiy frontning bu tomonida diplomatik yutuqqa tayyorgarlik ko‘rishdagi hal qiluvchi rolni o‘ynashi mumkin.

Mavzuga oid:

Putin va Jonson Ukraina va xavfsizlik kafolatlarini muhokama qilishdi
“Hamma tinchlansin”. Ukrainani kim garovga oldi
Yangiliklar lentasi
0