https://oz.sputniknews.uz/20220207/jahongir-ortiqxojaev-tadbirkorlarga-murojaat-qildi-22594210.html
Jahongir Ortiqxo‘jayev tadbirkorlarga murojaat qildi
Jahongir Ortiqxo‘jayev tadbirkorlarga murojaat qildi
Sputnik O‘zbekiston
Toshkent shahri hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevning tadbirkorlarga murojaat qilib, poytaxtda yerni qonuniy yo‘l bilan, auksion orqali olishga chaqirdi.
2022-02-07T22:10+0500
2022-02-07T22:10+0500
2022-02-07T22:10+0500
jamiyat
jahongir ortiqxo‘jayev
tadbirkor
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/02/07/22594079_0:92:1280:812_1920x0_80_0_0_8322ce84771f6009eca737ecbe36b09e.jpg
TOShKENT, 7 fev — Sputnik. Toshkent shahri hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevning tadbirkorlarga murojaat qilib, poytaxtda yerni qonuniy yo‘l bilan, auksion orqali olishga chaqirdi.Hokim 2021-yil iyun oyidagi prezident farmoni bilan yer uchastkalarini ajratishning barcha uchun teng, shaffof va bozor tamoyillariga asoslangan tartibi joriy etilganini eslatdi. Xususan, tadbirkorlik obyektlarini qurish uchun yer uchastkalari faqat elektron onlayn-auksion orqali ajratilishi belgilangan. Tuman (shahar) hokimlarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri yer maydoni ajratish bo‘yicha qaror qabul qilish vakolati bekor qilingan.“Shunga qaramasdan, joylarda hanuzgacha yer maydonlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri ajratish, yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olib, noqonuniy qurilmalarni qurish, yengil qurilmalarni o‘rnatish, avtobus bekatlari o‘rnida hech bir ruxsatsiz savdo do‘konlarini qurish kabi salbiy holatlar ko‘plab uchramoqda”, - deyiladi murojaatda.Ta’kidlanishicha, ayniqsa, bunday qurilmalarning aholi yashash massivlari ichida, yo‘lning himoya hududlarida, katta bosim ostida bo‘lgan suv, gaz quvurlari o‘tkazilgan himoya hududlarida barpo etilishi holatlari aholi tinchligi va xavfsizligiga, tashqi muhandislik tarmoqlarini qisqa muddatlarda ta’mirlashga salbiy ta’sir qilmoqda.Hokimning so‘zlariga ko‘ra, tadbirkor mulkini buzish, unga zarar yetkazish hokimlikning maqsadi emas. Ammo amaldagi qonunchilikka muvofiq o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yerda qurilgan bino va inshootlarning mulk huquqi e’tirof etilmaydi. Aksincha, ushbu yerni davlat zaxirasiga qaytarish uchun qurilgan binolar hech qanday kompensatsiya to‘lanmasdan buziladi hamda aybdor shaxslar jazoga tortiladi.Murojaatda keltirilishicha, bunda o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasini davlatga qaytarish Yer kodeksiga muvofiq, hokimlarning qaroriga yoki sudning hal qiluv qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi. Turli qonunga xilof yo‘llar va hujjatlarsiz olingan yerlar noqonuniy bo‘lib, aybdor shaxslarga nisbatan jazo muqarrar hisoblanadi.“Poytaxtimiz aholisi va deputatlarimizdan ham o‘zlari yashayotgan hududlarda noqonuniy ravishda o‘rnatilayotgan yengil qurilma do‘konlar, fast-fud shoxobchalari va avtobus bekatlari o‘rnida qurilayotgan do‘konlar haqida o‘z vaqtida vakolatli idoralarga xabar berishlarini, atrofdagi voqeliklarga befarq bo‘lmasliklarini iltimos qilardim”, - deya murojaat qilgan poytaxt hokimi.Ortiqxo‘jayevning ta’kidlashicha, tadbirkorlik insondan katta jasorat, aql, mehnat va mablag‘ talab qiladi.Hokim tadbirkorlardan o‘z biznesi uchun bino yoki yer uchastkasini sotib olishdan oldin vakolatli organlarning mutaxassislari, malakali huquqshunoslar va advokatlardan maslahat olishni iltimos qilgan.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/02/07/22594079_38:0:1243:904_1920x0_80_0_0_19e881f3ea84257616bde181d45b05ca.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
toshkent hokimi jahongir ortiqxo‘jayev tadbirkorlarga murojaat yer ajratish tartibi yer qanday olish mumkin
toshkent hokimi jahongir ortiqxo‘jayev tadbirkorlarga murojaat yer ajratish tartibi yer qanday olish mumkin
Jahongir Ortiqxo‘jayev tadbirkorlarga murojaat qildi
Poytaxt hokimi tadbirkorlarni yerni qonuniy yo‘l bilan, auksion orqali olishga chaqirgan. Yer sotib olishni taklif etayotgan shaxslarga ishonmaslikni so‘ragan.
TOShKENT, 7 fev — Sputnik. Toshkent shahri hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevning tadbirkorlarga murojaat qilib, poytaxtda yerni qonuniy yo‘l bilan, auksion orqali olishga chaqirdi.
Hokim
2021 yil iyun oyidagi prezident farmoni bilan yer uchastkalarini ajratishning barcha uchun teng, shaffof va bozor tamoyillariga asoslangan tartibi joriy etilganini eslatdi. Xususan, tadbirkorlik obyektlarini qurish uchun yer uchastkalari faqat elektron onlayn-auksion orqali ajratilishi belgilangan. Tuman (shahar) hokimlarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri yer maydoni ajratish bo‘yicha qaror qabul qilish vakolati bekor qilingan.
“Shunga qaramasdan, joylarda hanuzgacha yer maydonlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri ajratish, yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olib, noqonuniy qurilmalarni qurish, yengil qurilmalarni o‘rnatish, avtobus bekatlari o‘rnida hech bir ruxsatsiz savdo do‘konlarini qurish kabi salbiy holatlar ko‘plab uchramoqda”, - deyiladi murojaatda.
Ta’kidlanishicha, ayniqsa, bunday qurilmalarning aholi yashash massivlari ichida, yo‘lning himoya hududlarida, katta bosim ostida bo‘lgan suv, gaz quvurlari o‘tkazilgan himoya hududlarida barpo etilishi holatlari aholi tinchligi va xavfsizligiga, tashqi muhandislik tarmoqlarini qisqa muddatlarda ta’mirlashga salbiy ta’sir qilmoqda.
“So‘nggi vaqtlarda o‘zining tanishlari orqali yer olib berishni va’da qilayotgan yoki turli soxta “qarorlarni” ko‘rsatib, kadastr hujjatini keyin hal qilib berishga ishontirib, yer sotib olishni taklif etayotgan shaxslar ko‘payib ketdi. Ularga ishonmang”, - deya murojaat qildi Ortiqxo‘jayev.
Hokimning so‘zlariga ko‘ra, tadbirkor mulkini buzish, unga zarar yetkazish hokimlikning maqsadi emas. Ammo amaldagi qonunchilikka muvofiq o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yerda qurilgan bino va inshootlarning mulk huquqi e’tirof etilmaydi. Aksincha, ushbu yerni davlat zaxirasiga qaytarish uchun qurilgan binolar hech qanday kompensatsiya to‘lanmasdan buziladi hamda aybdor shaxslar jazoga tortiladi.
Murojaatda keltirilishicha, bunda o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasini davlatga qaytarish Yer kodeksiga muvofiq, hokimlarning qaroriga yoki sudning hal qiluv qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi. Turli qonunga xilof yo‘llar va hujjatlarsiz olingan yerlar noqonuniy bo‘lib, aybdor shaxslarga nisbatan jazo muqarrar hisoblanadi.
“Poytaxtimiz aholisi va deputatlarimizdan ham o‘zlari yashayotgan hududlarda noqonuniy ravishda o‘rnatilayotgan yengil qurilma do‘konlar, fast-fud shoxobchalari va avtobus bekatlari o‘rnida qurilayotgan do‘konlar haqida o‘z vaqtida vakolatli idoralarga xabar berishlarini, atrofdagi voqeliklarga befarq bo‘lmasliklarini iltimos qilardim”, - deya murojaat qilgan poytaxt hokimi.
Ortiqxo‘jayevning ta’kidlashicha, tadbirkorlik insondan katta jasorat, aql, mehnat va mablag‘ talab qiladi.
“Tadbirkorlik bilan shug‘ullanar ekansiz, o‘z mablag‘ingizni ehtiyot qilib, yer olish uchun auksionda ishtirok etib, yerning qonuniy egasi bo‘ling. Noqonuniy harakatlarga aralashib mablag‘ingizga kuyib qolmang, aldanmang, sarmoyangizni to‘g‘ri sarflang!”, - deydi u.
Hokim tadbirkorlardan o‘z biznesi uchun bino yoki yer uchastkasini sotib olishdan oldin vakolatli organlarning mutaxassislari, malakali huquqshunoslar va advokatlardan maslahat olishni iltimos qilgan.