https://oz.sputniknews.uz/20220207/akademik-turgunpolat-daminov-22581688.html
Akademik Turg‘unpo‘lat Daminov vafot etdi
Akademik Turg‘unpo‘lat Daminov vafot etdi
Sputnik O‘zbekiston
Tibbiyot sohasi bo‘yicha yirik olim, O‘zbekiston Fanlar akademiyasining akademigi Turg‘unpo‘lat Daminov 6-fevral kuni 81 yoshida vafot etdi.
2022-02-07T12:11+0500
2022-02-07T12:11+0500
2022-02-07T12:11+0500
jamiyat
vafot etdi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/02/07/22580902_0:80:800:530_1920x0_80_0_0_6d2d519d091d1e65c22ddc7cebbda40f.jpg
TOShKENT, 7 fev — Sputnik. Tibbiyot sohasi bo‘yicha yirik olim, O‘zbekiston Fanlar akademiyasining akademigi Turg‘unpo‘lat Daminov 6-fevral kuni 81 yoshida vafot etdi, deb xabar qildi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmatiTurg‘unpo‘lat Daminov 1941-yili Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1964-yilda Toshkent davlat meditsina instituti (hozirgi Toshkent tibbiyot akademiyasi)ni tugatgan. 1969-yilda nomzodlik, 1986-yilda doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 2000-yilda O‘zbekiston Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zosi etib saylangan.Daminov mehnat faoliyatini 1969-yilda Toshkent davlat meditsina institutida assistent sifatida boshladi. Ushbu muassasada dotsent, kafedra mudiri vazifasida faoliyat yuritdi. Keyinchalik Pediatriya ilmiy tekshirish instituti direktori, Birinchi Toshkent davlat tibbiyot instituti rektori, Toshkent tibbiyot akademiyasi "Yuqumli kasalliklari va pediatriya" kafedrasi mudiri, mazkur kafedra professori kabi mas’ul lavozimlarda samarali mehnat qildi.U mamlakatda sog‘liqni saqlash sohasini rivojlantirish, tibbiyot fanining dolzarb masalalarini tadqiq etish, yuqori malakali ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash ishiga munosib hissa qo‘shgan.Olimning tibbiyot sohasining nazariy va amaliy masalalariga bag‘ishlangan 500 dan ziyod ilmiy maqolalari, 20 ga yaqin kitob va monografiyalari hamda 40 dan ziyod uslubiy tavsiyanoma va qo‘llanmalari mutaxassislarga yaxshi ma’lum.Ayniqsa, tibbiyotning pediatriya va yuqumli kasalliklar kabi muhim yo‘nalishlarini rivojlantirish va boyitish borasida o‘z ilmiy maktabini yaratdi.Akademik Turg‘unpo‘lat Daminov “El-yurt hurmati” va “Do‘stlik” ordenlari bilan mukofotlangan.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/02/07/22580902_0:5:800:605_1920x0_80_0_0_c84be1922d9492bff2ef9c67a69af59c.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
turg‘unpo‘lat daminov vafot etdi yirik olim turg‘unpo‘lat daminov ilmiy ishlari
turg‘unpo‘lat daminov vafot etdi yirik olim turg‘unpo‘lat daminov ilmiy ishlari
Akademik Turg‘unpo‘lat Daminov vafot etdi
Daminov tibbiyotning pediatriya va yuqumli kasalliklar kabi muhim yo‘nalishlarini rivojlantirish va boyitish borasida o‘z ilmiy maktabini yaratgan.
TOShKENT, 7 fev — Sputnik. Tibbiyot sohasi bo‘yicha yirik olim, O‘zbekiston Fanlar akademiyasining akademigi Turg‘unpo‘lat Daminov 6-fevral kuni 81 yoshida vafot etdi, deb
xabar qildi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati
Turg‘unpo‘lat Daminov 1941-yili Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1964-yilda Toshkent davlat meditsina instituti (hozirgi Toshkent tibbiyot akademiyasi)ni tugatgan. 1969-yilda nomzodlik, 1986-yilda doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 2000-yilda O‘zbekiston Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zosi etib saylangan.
Daminov mehnat faoliyatini 1969-yilda Toshkent davlat meditsina institutida assistent sifatida boshladi. Ushbu muassasada dotsent, kafedra mudiri vazifasida faoliyat yuritdi. Keyinchalik Pediatriya ilmiy tekshirish instituti direktori, Birinchi Toshkent davlat tibbiyot instituti rektori, Toshkent tibbiyot akademiyasi "Yuqumli kasalliklari va pediatriya" kafedrasi mudiri, mazkur kafedra professori kabi mas’ul lavozimlarda samarali mehnat qildi.
U mamlakatda sog‘liqni saqlash sohasini rivojlantirish, tibbiyot fanining dolzarb masalalarini tadqiq etish, yuqori malakali ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash ishiga munosib hissa qo‘shgan.
Olimning tibbiyot sohasining nazariy va amaliy masalalariga bag‘ishlangan 500 dan ziyod ilmiy maqolalari, 20 ga yaqin kitob va monografiyalari hamda 40 dan ziyod uslubiy tavsiyanoma va qo‘llanmalari mutaxassislarga yaxshi ma’lum.
Ayniqsa, tibbiyotning pediatriya va yuqumli kasalliklar kabi muhim yo‘nalishlarini rivojlantirish va boyitish borasida o‘z ilmiy maktabini yaratdi.
Akademik Turg‘unpo‘lat Daminov “El-yurt hurmati” va “Do‘stlik” ordenlari bilan mukofotlangan.