https://oz.sputniknews.uz/20220206/buxorolik-onaxon-haj-uchun-toplagan-pulni-qishloqda-sport-zal-qurilishiga-sarflamoqchi-22573606.html
Buxorolik onaxon Haj uchun to‘plagan pulni qishloqda sport zal qurilishiga sarflamoqchi
Buxorolik onaxon Haj uchun to‘plagan pulni qishloqda sport zal qurilishiga sarflamoqchi
Sputnik O‘zbekiston
Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripovning Buxoro tumani aholisi bilan uchrashuv vaqtida 65 yoshli onaxon qishlog‘ida sport zali qurish masalasini ko‘tarib, bu inshootga Haj safariga borish uchun to‘plagan pulini qo‘shish taklifini aytdi.
2022-02-06T14:47+0500
2022-02-06T14:47+0500
2022-02-06T14:50+0500
jamiyat
buxoro viloyati
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1153/15/11531541_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_e3842638d09f72a58a5c2e0badb25204.jpg
TOShKENT, 6 fev — Sputnik. Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripovning Buxoro tumani aholisi bilan uchrashuv vaqtida 65 yoshli onaxon qishlog‘ida sport zali qurish masalasini ko‘tarib, bu inshootga Haj safariga borish uchun to‘plagan pulini qo‘shish taklifini aytdi, deb xabar qildi Turizm va sport vazirligi matbuot xizmati.“O‘zim 65 yoshdaman. Uzoq yillar pedagog bo‘lib ishladim, mahallada mehnat qildim. Ikki farzandni el qatoriga qo‘shdim. To‘g‘risi, ko‘p qiyinchiliklar ko‘rdim. Ammo ming shukurki, hozir ozgina harakat qilsangiz, hamma narsani imkoni bor. Hozirgi mahalla raislariga havasim keladi. Nima so‘rashsa, davlatimiz hammasini qilib berapti. Odamlarimizning ham dardini aritishapti. Masalan, o‘zim yaqinda kichik o‘g‘limni uylantirdim. Ochig‘i, to‘y xarjidan keyin moddiy ahvolimiz qiyinlashdi. O‘ylab-o‘ylab, hokimiyatga kredit olish uchun murojaat qildik. Ishimiz bitib, 24 bosh qo‘y oldik. Hozir sharoitimiz yaxshi. Kreditni ham o‘z vaqtida to‘layapmiz. Minnatdorman. Yana bir gapni aytay, hajga boraman, – deb ozgina pul yig‘ib qo‘ygandim. Shuni mahallamizda sport zali qurilishiga sarflamoqchiman. Shu qurilishni sizlar ham qo‘llab-quvvatlasangiz, boshimiz ko‘kka yetardi, – dedi uchrashuvda so‘z olgan Gulnora Ko‘ldosheva.Viloyat hokimi onaxonga minnatdorlik bildirib, sport zal qurilishi mutasaddilar tomonidan nazoratga olinishini ma’lum qildi.
buxoro viloyati
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1153/15/11531541_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_21252a57860cafa89debcfb020e2b5df.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
buxorolik onaxon haj uchun to‘plagan pulni sport zal qurilishiga sarflamoqchi
buxorolik onaxon haj uchun to‘plagan pulni sport zal qurilishiga sarflamoqchi
Buxorolik onaxon Haj uchun to‘plagan pulni qishloqda sport zal qurilishiga sarflamoqchi
14:47 06.02.2022 (yangilandi: 14:50 06.02.2022) Buxoro tumani aholisi bilan uchrashuv vaqtida 65 yoshli onaxon qishlog‘ida sport zali qurish masalasini ko‘tardi.
TOShKENT, 6 fev — Sputnik. Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripovning Buxoro tumani aholisi bilan uchrashuv vaqtida 65 yoshli onaxon qishlog‘ida sport zali qurish masalasini ko‘tarib, bu inshootga Haj safariga borish uchun to‘plagan pulini qo‘shish taklifini aytdi, deb xabar qildi Turizm va sport vazirligi matbuot xizmati.
“O‘zim 65 yoshdaman. Uzoq yillar pedagog bo‘lib ishladim, mahallada mehnat qildim. Ikki farzandni el qatoriga qo‘shdim. To‘g‘risi, ko‘p qiyinchiliklar ko‘rdim. Ammo ming shukurki, hozir ozgina harakat qilsangiz, hamma narsani imkoni bor. Hozirgi mahalla raislariga havasim keladi. Nima so‘rashsa, davlatimiz hammasini qilib berapti. Odamlarimizning ham dardini aritishapti. Masalan, o‘zim yaqinda kichik o‘g‘limni uylantirdim. Ochig‘i, to‘y xarjidan keyin moddiy ahvolimiz qiyinlashdi. O‘ylab-o‘ylab, hokimiyatga kredit olish uchun murojaat qildik. Ishimiz bitib, 24 bosh qo‘y oldik. Hozir sharoitimiz yaxshi. Kreditni ham o‘z vaqtida to‘layapmiz. Minnatdorman. Yana bir gapni aytay, hajga boraman, – deb ozgina pul yig‘ib qo‘ygandim. Shuni mahallamizda sport zali qurilishiga sarflamoqchiman. Shu qurilishni sizlar ham qo‘llab-quvvatlasangiz, boshimiz ko‘kka yetardi, – dedi uchrashuvda so‘z olgan Gulnora Ko‘ldosheva.
Viloyat hokimi onaxonga minnatdorlik bildirib, sport zal qurilishi mutasaddilar tomonidan nazoratga olinishini ma’lum qildi.