O‘zbekistonning qator hududlarida 4 balli zilzila sodir bo‘ldi

© AFP 2023 / OLIVIER MORINSeysmograf
Seysmograf - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.02.2022
Obuna bo‘lish
Afg‘onistonda yuz bergan zilzila O‘zbekistonning deyarli barcha hududlarida sezildi.
TOShKENT, 5 fev — Sputnik. O‘zbekistonda 5-fevral kuni soat 09:16 da zilzila qayd etildi, deb xabar bermoqda FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi.
Ma’lum qilinishicha, zilzila epimarkazi Afg‘onistonda, koordinatalari: 36,32 gradus shimoliy kenglik; 71,09 gradus sharqiy uzunlik. Yerosti silkinishlarining epimarkazi Toshkentdan 573 kilometr janubi-g‘arbda joylashgan bo‘lib, o‘chog‘i 225 kilometr chuqurlikda, magnitudasi 6,8 ballga teng bo‘lgan.
O‘zbekiston hududlarida sezilish kuchi Surxondaryo viloyatida 4 ball, Farg‘ona, Sirdaryo, Andijon, Jizzax, Samarqand, Namangan va Qashqadaryo viloyatlarida 3-4 ball, Navoiy va Buxoro viloyatlarida 3 ball, Toshkent shahrida 3 ball, Xorazm viloyatida 2-3 ball, Qoraqalpog‘iston Respublikasida esa 2 ballni tashkil etgan.
Yangiliklar lentasi
0