O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallanish kamaymoqda

© Sputnik / Ilya PitalevObrazsi dlya issledovaniya na koronavirusnuyu infeksiyu
Obrazsi dlya issledovaniya na koronavirusnuyu infeksiyu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.02.2022
Obuna bo‘lish
Mamlakatda kovid bilan kasallanish holatlari mingtadan kamaydi.
TOShKENT, 5 fev — Sputnik. Kecha, 4-fevral kuni, O‘zbekistonda 912 kishida koronavirus aniqlandi. Kasallanish soni pasaymoqda, deb xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.
Eng ko‘p kasallanish Toshkent shahri (441), Toshkent viloyati (103) va Farg‘ona viloyatida (74) qayd etilgan.
Qolgan aniqlagan yangi kasallanish hududlar kesimida:
Qoraqalpog‘iston Respublikasida – 35;
Jizzax viloyatida – 19;
Andijon viloyatida – 21;
Qashqadaryo viloyatida – 26;
Navoiy viloyatida – 13;
Buxoro viloyatida – 26;
Namangan viloyatida – 20;
Samarqand viloyatida – 52;
Sirdaryo viloyatida – 11;
Surxondaryo viloyatida – 45;
Xorazm viloyatida – 26.
Mamlakatda koronavirus bilan kasallanganlarning umumiy soni 227 909 nafarga yetgan. Shulardan 211 731 (+457) nafari tuzalib ketgan.
Shuningdek, kecha 2 bemor vafot etib, koronavirus qurbonlari soni 1581 nafarni tashkil qildi. Qolaversa, kecha 155 nafar kishida pnevmoniya aniqlangan.
Yangiliklar lentasi
0