https://oz.sputniknews.uz/20220205/ovqatlanish-vaqtida-qahva-ichish-mumkinmi---parhezshunos-javobi-22530046.html
Ovqatlanish vaqtida qahva ichish mumkinmi - parhezshunos javobi
Ovqatlanish vaqtida qahva ichish mumkinmi - parhezshunos javobi
Sputnik O‘zbekiston
Qahva tarkibidagi biologik faol moddalar, antioksidantlar va katexinlar oqsil va kalsiy bilan birgalikda yaxshi ta’sir qiladi.
2022-02-05T06:00+0500
2022-02-05T06:00+0500
2022-02-05T06:00+0500
bu qiziq
shifokorlar tavsiyasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/978/44/9784491_0:0:1200:675_1920x0_80_0_0_e7562332c3952404a3fb8cb8cca9ff43.jpg
Qahvani ovqatlanish paytida iste’mol qilish mumkin, agarda u tabiiy mahsulotlardan va qo‘shimchalarsiz tayyorlangan bo‘lsa. Bu haqida parhezshunos Antonina Savolyuk RIA Novostiga ma’lum qildi.Mutaxassis qahvani nonushtada yoki yengil ovqatlanishda bir stakan suv bilan iste’mol qilishni tavsiya qildi. “Qahva kislota-ishqor balansini suvsizlantiradi. Shuningdek, u siydik haydovchi xususiyatga ega, qon oqimidan suvni chiqarib tashlaydi. Shu sababli bir finjon qahvadan so‘ng bir stakan suv ichishni odat qilish barcha uchun foydali bo‘ladi”, deydi shifokor.Shuningdek, qarshi ko‘rsatmalar haqida ham unutmaslik lozim. Masalan, osteoporozda (suyaklar shikastlanishi), gipertoniyada (yuqori qon bosimi), organizmda kokk ya’ni shar shaklidagi bakteriyalar bo‘lsa qahva iste’mol qilish mumkin emas. Agar davolovchi shifokor qahva ichishni man qilgan bo‘lsa, uning tavsiyalariga amal qilish zarur. Shuningdek, gastrit (oshqozon-ichak kasali), yallig‘lanish tashxisi qo‘yilgan bemorlarga qahva iste’mol qilish mumkin emas.Qahva bilan desert sifatida quruq mevalar yoki shokolad iste’mol qilish mumkin.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/978/44/9784491_233:0:1133:675_1920x0_80_0_0_4c84a6ff8722f046c2eedd3bd5f4a8ae.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
ovqatlanish vaqtida qahva ichish mumkinmi- parhezshunos javobi
ovqatlanish vaqtida qahva ichish mumkinmi- parhezshunos javobi
Ovqatlanish vaqtida qahva ichish mumkinmi - parhezshunos javobi
Qahva tarkibidagi biologik faol moddalar, antioksidantlar va katexinlar oqsil va kalsiy bilan birgalikda yaxshi ta’sir qiladi.
Qahvani ovqatlanish paytida iste’mol qilish mumkin, agarda u tabiiy mahsulotlardan va qo‘shimchalarsiz tayyorlangan bo‘lsa. Bu haqida parhezshunos Antonina Savolyuk RIA Novostiga ma’lum qildi.
“Qahva tarkibidagi biologik faol moddalar, antioksidantlar va katexinlar oqsil va kalsiy bilan birgalikda yaxshi ta’sir qiladi. Agar siz qahvani yog‘li ovqatlar bilan yoki unga sut yoki qaymoq qo‘shib iste’mol qilsangiz, ichimlikning barcha foydali xususiyatlari yo‘qoladi. Shuningdek, tanin moddasi ham oqsillar bilan qiyin hazm bo‘ladi”, - deydi parhezshunos.
Mutaxassis qahvani nonushtada yoki yengil ovqatlanishda bir stakan suv bilan iste’mol qilishni tavsiya qildi. “Qahva kislota-ishqor balansini suvsizlantiradi. Shuningdek, u siydik haydovchi xususiyatga ega, qon oqimidan suvni chiqarib tashlaydi. Shu sababli bir finjon qahvadan so‘ng bir stakan suv ichishni odat qilish barcha uchun foydali bo‘ladi”, deydi shifokor.
Shuningdek, qarshi ko‘rsatmalar haqida ham unutmaslik lozim. Masalan, osteoporozda (suyaklar shikastlanishi), gipertoniyada (yuqori qon bosimi), organizmda kokk ya’ni shar shaklidagi bakteriyalar bo‘lsa qahva iste’mol qilish mumkin emas. Agar davolovchi shifokor qahva ichishni man qilgan bo‘lsa, uning tavsiyalariga amal qilish zarur. Shuningdek, gastrit (oshqozon-ichak kasali), yallig‘lanish tashxisi qo‘yilgan bemorlarga qahva iste’mol qilish mumkin emas.
Qahva bilan desert sifatida quruq mevalar yoki shokolad iste’mol qilish mumkin.