Kreml “Bloomberg”ning yolg‘on xabariga munosabat bildirdi

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka o‘tishMoskovskiy Kreml arxivnoe foto
Moskovskiy Kreml arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.02.2022
Obuna bo‘lish
“Bloomberg” agentligi juma kuni o‘z saytida “Rossiya Ukrainaga bostirib kirdi” sarlavhali xabar chop qilgandi.
TOShKENT, 5 fev — Sputnik. Kreml o‘tgan tunda Rossiyaning Ukrainaga “bostirib kirgani” haqida yangilik chop qilgan “Bloomberg” agentligining xatosiga munosabat bildirdi.
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning so‘zlariga ko‘ra, bu AQSh va Yevropa Ittifoqining tajovuzkor bayonotlarining xavfliligini bildiradi va shunga o‘xshash yolg‘on xabarlar tuzatib bo‘lmas oqibatlarga olib kelishi mumkin.
“Umuman olganda, albatta, “Bloomberg” kabi bunday jiddiy nashr <…> hatto “feyk-nyus” emas, balki “Bloomberg-nyus” deyish mumkin. Bu asosli bo‘ladi”, - dedi Peskov RIA Novosti bilan suhbatda.
5 fevralga o‘tar kechasi “Bloomberg” o‘z saytida Rossiyaning Ukrainaga “bostirib kirgani” haqidagi sarlavha bilan yangilik chop qildi. Tez orada o‘chirib tashlab, xato bo‘lganini tan oldi. Agentlik tekshiruv o‘tkazishga va’da bergan.
Yangiliklar lentasi
0