Germaniyani hayratga solish va jahlini chiqarish uchun: Rossiya "Nemis to‘lqini”ni yopdi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishVistavka CSTB Telecom&Media 2019
Vistavka CSTB Telecom&Media 2019 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.02.2022
Obuna bo‘lish
Rossiya hukumati Germaniya hududida Russia Today DE telekanali faoliyatini cheklashiga javoban, Deutsche Welle telekanalining Rossiya hududidagi faoliyatini to‘xtatib, uning sputnik va internet orqali tarqarishni ta’qiqladi.
Germaniya Federativ Respublikasi hukumati tasarrufidagi “Nemis to‘lqini” (Deutsche Welle, DW) sobiq SSSR hududida radioeshittirishlar olib borishni 1962-yildan boshlagan edi. Sovet davrida qisqa to‘lqinda ishlaydigan ushbu radiostansiya to‘lqinlari ba’zan bosilar (glushit) ba’zan bosilmas edi. Rossiya davriga kelib eskirgan radioeshittirishlar formati tugatilib internet va sputnik televideniyesi formatiga o‘tildi.
Bugun esa, Deutsche Wellening 60-yilligi yubileyi arafasida, “Nemis to‘lqini”ning Moskvadagi burosi rahbari Yuriy Resheto Rossiya Tashqi ishlar vazirligidan juma kuni soat 09:00 ga qadar korrespondentlik punktini yopib, xodimlar akkreditatsiyasini qaytarish to‘g‘risidag maktubni olgan.
Rossiya hukumatining bunday qarori DW xodimlari (asosan ruslar) uchun mutlaq kutilmagan bo‘ldi. Ular so‘nggi damga qadar “Rossiya hukumati bizlarni yopishga qurbi yetmaydi” deb o‘ylagan edi. Rossiya TIV 2-fevral kuni Germaniya hukumatining Russia Today DE telekanali faoliyatini cheklashiga javoban, quyidagi rasmiy ma’lumotni tarqatdi:
1.
DWmuxbirlik punktini yopish;
2.
DWning barcha xodimlari akkreditatsiyasini bekor qilish;
3.
Rossiya hududida DWning sputnik orqali va boshqa tartibdagi efirini cheklash;
4.
DWni “xorijiy agent” funksiyasini bajarayotgan OAV deb tan olish jarayonini boshlash;
5.
Russia Today DE telekanali faoliyatini cheklashiga aloqador bo‘lgan FRGning davlat va hukumat vakillariga Rossiya hududiga kirishni cheklash.
Yuqorida keltirilgan choralarni xiyonatkorona hujum deb bo‘lmaydi. Ushbu yilning 18-yanvar kuni FRG tashqi ishlar vaziri Annaleni Berbokning Moskvaga tashrifi davomida Rossiya TIVi Germaniya vaziriga Rossiya javob choralari ko‘rishni rejalashtirayotgani haqida ma’lum qilgan edi – ya’ni sizlar RT Dega qanday munosabatda bo‘lgan bo‘lsanglar biz ham DWga shunday javob qaytaramiz. Vaziyatni oldini olish uchun Germaniyaga ikki hafta vaqt berilgan edi. Ushbu muddat tugaganidan so‘ng, va’da bajarildi.
Ehtimol Berbok xonim Lavrovning ushbu ogohlantirishini 257-xitoycha ogohlantirish deb hisoblagan va “Moskva RT Deni cheklash bilan bog‘liq vaziyatdan norozi, lekin bu ogohlantirishlar gapdan nariga o‘tmaydi”, - deb o‘ylagandir.
Aslida ogohlantirish jidiy bo‘lib chiqdi, axir diplomatlarning vazivasi ham shundan iborat emasmi – hamkorning jiddiy xavotirini darhol anglash. Buni fahmiga yetmagan kishini “xizmat vazifasiga to‘liq loyiq emas” deyish mumkin.
Rossiya tashqi siyosatining qattiqqo‘lligi ayrim “hamkorlarga” ehtimol ma’qul kelmayotgandir. Lekin Rossiya siyosatida buni bir yildan beri yaqqol kuzatish mumkin. O‘tgan yil yanvarda Aleksey Navalniy ham “ularning qo‘lidan kelmaydi” deb o‘ylagan edi va oqibatda, Rossiya Jinoyat-protsessual kodeksi normalari ishga tushganda - qattiq afsus qildi.
Ehtimol bu safar gap yozilgan qoidalar haqida ketmayapti, lekin xalqaro diplomatiyada “o‘zaro munosabatlar asosida” degan tushuncha bor. (ba’an uni talion qonuni yoki “qonga qon, jonga jon” deyishadi ham) Ba’zan qanday yo‘l bilan bo‘lsa ham hamkorning og‘zini yopishni o‘ylaganda, unda ham javob choralari topilishi mumkinligini unutmaslik kerak.
Albatta, bunday vaqtda o‘zini hech narsani tushunmagandek tutadigan “soddadillar” ham topiladi. DW bosh direktori gerr Limbur "Rossiya hukumati tomonidan qabul qilingan choralarni hech qaysi tomondan tushunib bo‘lmaydi va ularni “haddan ortiq reaksiya” deb tushunish mumkinligini” ma’lum qildi. Aslida reaksiya “haddan ortiq” bo‘lsa-da uni tushunish mumkin. Nemis jurnalistlari ittifoqi DJV FRG hukumatidan “ushbu senzura aktiga baland ovozda norozilik bildirishni so‘ramoqda”. RT Dega nisbatan senzuraga baland ovozda norozilik bildirishga nima deysizlar?
Bularning barchasi diplomatik javob choralari qoidalari qanday ishlashidan bexabarga o‘xshaydi. Ushbu an’analarni axmoqlar o‘ylab topmagan bo‘lsa kerak, lekin bugungi jurnalistlar va siyosatchilar bundan bexabar ko‘rinadi. Unday holda ularga dunyo proletariati dohiysining vasiyatiga amal qilsin “o‘qish, o‘qish va yana o‘qish”.
Yangiliklar lentasi
0