Putin va Jonson Ukraina va xavfsizlik kafolatlarini muhokama qilishdi

© Sputnik / Aleksey Drujinin / Mediabankka o‘tishPrezident RF Vladimir Putin, arxivnoe foto
Prezident RF Vladimir Putin, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.02.2022
Obuna bo‘lish
Rossiya prezidenti va Buyuk Britaniya bosh vaziri telefon orqali suhbatlashishdi.
TOShKENT, 3 fev — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson telefon orqali suhbatlashishdi. Suhbat davomida Ukrainadagi vaziyat va Rossiyaning xavfsizlik kafolatlari yuzasidan batafsil fikr almashishdi, deb xabar qildi Kreml matbuot xizmati
Xabarda yozilishicha, NATOning Rossiyaning asosli xavotirlariga adekvat munosabat bildirishga tayyor emasligi ta’kidlangan. Alyans xavfsizlikning bo‘linmaslik asosiy tamoyiliga xilof ravishda ochiq eshiklar deb ataluvchi siyosat bilan niqoblanmoqda.
Ta’kidlanishicha, Putin bu masalalar yuzasidan asosiy yondashuvlarni bayon qilgan. Xususan, Rossiya yetakchisi Kiyevning Minsk kelishuvlarini bajarishdan muntazam bo‘yin tovlab kelayotganiga e’tibor qilgan

Ukraina masalasi va G‘arb bilan muzokaralar

So‘nggi oylarda Rossiya va G‘arb munosabatlari yanada taranglashdi. Vashington va Brussel Moskvani Ukrainaga “hujum qilishda” ayblamoqda va buning ortidan Sharqiy Yevropada qo‘shinlari sonini ko‘paytirmoqda.
Rossiya unga qo‘yilayotgan uydirma ayblovlarni rad etmoqda va Kiyev Minsk kelishuvlariga rioya qilmayotganini eslatmoqda: Ukraina hukumati Donbassdagi chegara hududi bo‘ylab armiyasi shaxsiy tarkibining yarmini to‘pladi va ko‘ngillilarni taqiqlangan qurol bilan otmoqda.
Kreml va Rossiya TIV “tajovuz haqidagi” axborot hujumining maqsadi Rossiya chegaralari yaqinida chet el qo‘shinlari sonini oshirish ekanini bir necha marta takrorlagan. AQSh va NATO Ukrainani qurol-yaroq bilan ta’minlab, uni harbiy harakatlarga undamoqda va bu o‘z navbatida vaziyat keskinlashishining asosiy sababi.
O‘tgan yil oxirida Moskva Brussel va Vashingtonga xavfsizlik kafolatlari to‘g‘risidagi hujjatlar loyihalarini topshirdi. Asosiy talablardan biri NATOning sharqqa siljimasligi bo‘lgan. Rossiya TIV xabariga ko‘ra, G‘arb o‘zining yozma javobida aynan shu talabni e’tiborsiz qoldirgan.
Avvalroq Vladimir Putin AQSh va NATOning Rossiyaning xavfsizlik bo‘yicha takliflarga bergan javobiga birinchi marta munosabat bildirgan edi.
Yangiliklar lentasi
0