https://oz.sputniknews.uz/20220202/yana-bir-partiya-ozbekistonda-tiktokni-butunlay-bloklashni-taklif-qilmoqda-22499784.html
Yana bir partiya O‘zbekistonda TikTok’ni butunlay bloklashni taklif qilmoqda
Yana bir partiya O‘zbekistonda TikTok’ni butunlay bloklashni taklif qilmoqda
Sputnik O‘zbekiston
“Adolat” sotsial-demokratik partiyasi faollari O‘zbekistonda TikTok ijtimoiy tarmog‘ini butunlay bloklash taklifini ilgari surdi.
2022-02-02T12:48+0500
2022-02-02T12:48+0500
2022-02-02T12:48+0500
jamiyat
ijtimoiy tarmoq
“adolat” sotsial-demokratik partiyasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/02/01/15910416_0:156:3001:1844_1920x0_80_0_0_7a47202ed937889655d4c8545c2c82d1.jpg
TOShKENT, 2 fev — Sputnik. “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi faollari O‘zbekistonda TikTok ijtimoiy tarmog‘ini butunlay bloklash taklifini ilgari surdi. Bu haqda partiya matbuot xizmati xabar berdi.Partiya faollarining ta’kidlashicha, TikTok’da o‘zgalar hayotiga daxl qiluvchi nomaqbul kadrlarning ko‘payayotgani mazkur masalaga jiddiyroq yondashish lozimligidan dalolat bermoqda. Bunga samarqandlik maktab o‘quvchisining otasi tengi erkak yuziga tepgani misol qilib keltirilgan.Avvalroq "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi Markaziy kengashi raisi o‘rinbosari Feruza Muhammadjonova ham TikTok ijtimoiy tarmog‘ini butunlay bloklashni taklif qilgan edi. O‘shanda deputat Navoiy shahridagi ikki o‘quvchi qiz dars paytida TikTok orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga chiqib, nojo‘ya so‘zlar ishlatgani jamoatchilikning haqli e’tiroziga sabab bo‘lganini ta’kidlagan edi.Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 2021-yil 2-iyul kuni ayrim ijtimoiy tarmoqlar, xususan, TikTok’dan foydalanish rasman cheklangan edi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/02/01/15910416_166:0:2833:2000_1920x0_80_0_0_9daaa5b327acdf486381d0338749e86f.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
adolat partiyasi tiktokni bloklash o‘zbekistonda tiktikni butunlay taqiqlash taklif tiktok ijtimoiy tarmog‘i
adolat partiyasi tiktokni bloklash o‘zbekistonda tiktikni butunlay taqiqlash taklif tiktok ijtimoiy tarmog‘i
Yana bir partiya O‘zbekistonda TikTok’ni butunlay bloklashni taklif qilmoqda
Avvalroq "Milliy tiklanish" partiyasi mamlakatda TikTok ijtimoiy tarmog‘ini butunlay bloklashni taklifini bergan edi.
TOShKENT, 2 fev — Sputnik. “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi faollari O‘zbekistonda TikTok ijtimoiy tarmog‘ini butunlay bloklash taklifini ilgari surdi. Bu haqda partiya matbuot xizmati
xabar berdi.
Partiya faollarining ta’kidlashicha, TikTok’da o‘zgalar hayotiga daxl qiluvchi nomaqbul kadrlarning ko‘payayotgani mazkur masalaga jiddiyroq yondashish lozimligidan dalolat bermoqda. Bunga
samarqandlik maktab o‘quvchisining otasi tengi erkak yuziga tepgani misol qilib keltirilgan.
“...TikTok singari mobil ilovalarni sodir bo‘layotgan ko‘ngilsiz voqea-hodisalarni hisobga olgan holda butunlay bloklashimiz lozim. ‘Shusiz ham taqiqlar mavjud-ku’, deyishimiz mumkin. Biroq ko‘r-ko‘rona mashhurlikka o‘ch yoshlar ongini zaharlab, ijtimoiy tarmoqda shuhrat qozonishga ‘oltin ko‘prik’ vazifasini o‘tayotgan TikTok bilan tiktokerlarimiz VPN ilovasi orqali ulanish imkoniyati borligi bu masalani ham o‘rganib chiqish zarurligini ko‘rsatadi”, — deyiladi xabarda.
Avvalroq "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi Markaziy kengashi raisi o‘rinbosari Feruza Muhammadjonova ham TikTok ijtimoiy tarmog‘ini butunlay bloklashni
taklif qilgan edi. O‘shanda deputat Navoiy shahridagi
ikki o‘quvchi qiz dars paytida TikTok orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga chiqib, nojo‘ya so‘zlar ishlatgani jamoatchilikning haqli e’tiroziga sabab bo‘lganini ta’kidlagan edi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 2021-yil 2-iyul kuni ayrim ijtimoiy tarmoqlar, xususan, TikTok’dan foydalanish rasman cheklangan edi.