Putin AQSh va NATOning xavfsizlik bo‘yicha takliflarga bergan javobiga munosabat bildirdi

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin
Prezident RF V. Putin - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.02.2022
Obuna bo‘lish
Putin: G‘arb xavfsizlik bo‘yicha javoblarida Rossiyaning asosiy talablarini e’tiborsiz qoldirgan.
TOShKENT, 2 fev — Sputnik. AQSh va NATO o‘zining Rossiyaning xavfsizlik kafolatlariga bo‘yicha bergan javoblarida Moskvaning asosiy talablarini e’tiborsiz qoldirdi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin ma’lum qildi.
“Qayd etamizki, 26-yanvar kuni AQSh va NATOdan olingan yozma javoblarni diqqat bilan tahlil qilyapmiz. Biroq allaqachon ma’lumki, va men bu haqda janob bosh vazirni xabardor qildim, Rossiyaning xavfsizlik bo‘yicha asosiy xavotirlari e’tiborsiz qoldirilgan”, - dedi Putin Vengriya bosh vaziri Viktor Orban bilan muzokaralar yakunidagi matbuot anjumanida.
Rossiya yetakchisi Moskva uchta asosiy talabga mos keladigan javobni ko‘rmaganiga aniqlik kiritdi: NATOning kengayishiga yo‘l qo‘ymaslik, Rossiya chegaralari yaqiniga zarba beruvchi qurolli tizimlarni joylashtirmaslik, 1997-yilda imzolangan Rossiya-NATO aktiga asosan Yevropadagi harbiy infratuzilmaga qaytish.
Putin Shimoliy Atlantika alyansi SSSR parchalangandan keyin infratuzilmasini sharqqa siljitmaslikka va’da bergan, lekin hozir Boltiqbo‘yi mamlakatlari, Polsha va Ruminiya NATOga a’zo.
O‘tgan yil oxirida Moskva Brussel va Vashingtonga xavfsizlik kafolatlari to‘g‘risidagi hujjatlar loyihalarini topshirdi. Asosiy talablardan biri NATOning sharqqa siljimasligi bo‘lgan. Rossiya TIV xabariga ko‘ra, G‘arb o‘zining yozma javobida aynan shu talabni e’tiborsiz qoldirgan.
Yangiliklar lentasi
0