https://oz.sputniknews.uz/20220202/dxx-ozbekistondan-164-mln-dollarni-noqonuniy-olib-chiqib-ketmoqchi-bolgan-guruhni-ushladi-22505534.html
DXX O‘zbekistondan 1,64 mln dollarni noqonuniy olib chiqib ketmoqchi bo‘lgan guruhni ushladi
DXX O‘zbekistondan 1,64 mln dollarni noqonuniy olib chiqib ketmoqchi bo‘lgan guruhni ushladi
Sputnik O‘zbekiston
Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) katta miqdordagi chet el valyutasini noqonuniy ravishda xorijga chiqarish bilan shug‘ullanuvchi jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yildi.
2022-02-02T16:32+0500
2022-02-02T16:32+0500
2022-02-02T16:32+0500
hodisalar
davlat xavfsizlik xizmati (dxx)
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/378/10/3781037_0:0:2462:1384_1920x0_80_0_0_87b0bb8bd736afd17c39d24c1756b078.jpg
TOShKENT, 2 fev — Sputnik. Davlat xavfsizlik xizmati katta miqdordagi chet el valyutasini noqonuniy ravishda xorijga chiqarish bilan shug‘ullanuvchi jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘ydi.Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumanining chegaraoldi hududida yashovchi 32 yoshli mahalliy fuqaro boshqaruvidagi "Damas" to‘xtatilib tekshirilgan. Uning salonidan 968 ming 900 dollar borligi aniqlangan va rasmiylashtirib olingan.Shuningdek, shu tumandagi yog‘och bozorida uni kutib turgan 58 yoshli muqaddam sudlangan jinoiy sherigi ham ushlangan. Uning "Damas" mashinasi salonidagi 672 ming 206 dollar ham rasmiylashtirib olingan.Bundan tashqari, O‘zbekistonda vaqtincha ro‘yxatdan o‘tib, yashayotgan bu jinoiy guruh yetakchisi, qirg‘izistonlik 48 yoshli shaxs Toshkent shahrida va guruh a’zolari 5 nafar Qirg‘iziston fuqarolari Andijon shahrida qo‘lga olingan.O‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida jami 1 mln 641 ming 106 dollarning mamlakatdan noqonuniy olib chiqib ketilishiga chek qo‘yilgan.Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining “bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish” moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/378/10/3781037_111:0:2299:1641_1920x0_80_0_0_f48b2d0fc850a92b44b40ab1593db356.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dxx noqonuniy valyuta jinoiy guruh
dxx noqonuniy valyuta jinoiy guruh
DXX O‘zbekistondan 1,64 mln dollarni noqonuniy olib chiqib ketmoqchi bo‘lgan guruhni ushladi
Bu jinoiy guruh yetakchisi qirg‘izistonlik fuqaro bo‘lgan. U Toshkentda va guruh a’zolari 5 nafar Qirg‘iziston fuqarolari esa Andijonda qo‘lga olingan.
TOShKENT, 2 fev — Sputnik. Davlat xavfsizlik xizmati katta miqdordagi chet el valyutasini noqonuniy ravishda xorijga chiqarish bilan shug‘ullanuvchi jinoiy guruh faoliyatiga
chek qo‘ydi. Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumanining chegaraoldi hududida yashovchi 32 yoshli mahalliy fuqaro boshqaruvidagi "Damas" to‘xtatilib tekshirilgan. Uning salonidan 968 ming 900 dollar borligi aniqlangan va rasmiylashtirib olingan.
Shuningdek, shu tumandagi yog‘och bozorida uni kutib turgan 58 yoshli muqaddam sudlangan jinoiy sherigi ham ushlangan. Uning "Damas" mashinasi salonidagi 672 ming 206 dollar ham rasmiylashtirib olingan.
Bundan tashqari, O‘zbekistonda vaqtincha ro‘yxatdan o‘tib, yashayotgan bu jinoiy guruh yetakchisi, qirg‘izistonlik 48 yoshli shaxs Toshkent shahrida va guruh a’zolari 5 nafar Qirg‘iziston fuqarolari Andijon shahrida qo‘lga olingan.
O‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida jami 1 mln 641 ming 106 dollarning mamlakatdan noqonuniy olib chiqib ketilishiga chek qo‘yilgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining “bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish” moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Tergov harakatlari olib borilmoqda.