https://oz.sputniknews.uz/20220202/bojxona-kodeksiga-qoshimcha-va-ozgartirishlar-kiritildi-22510423.html
Bojxona kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi
Bojxona kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi
Sputnik O‘zbekiston
Prezident “O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunni imzoladi. 02.02.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-02-02T23:00+0500
2022-02-02T23:00+0500
2022-02-02T23:00+0500
jamiyat
bojxona
davlat bojxona qo‘mitasi
yangi qonun
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1116/40/11164095_0:0:3072:1728_1920x0_80_0_0_0aa891d64bf2cd4b111433e5791e03f6.jpg
TOShKENT, 2 fev — Sputnik. “O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun prezident tomonidan imzolandi.Kiritilgan qo‘shimchalarga muvofiq, vakolatli iqtisodiy operatorlarning (insofli tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilariga soddalashtirilgan bojxona tartib-taomillaridan foydalanish huquqini taqdim etish) huquqiy maqomi Kodeksda belgilandi.Kodeksga reeksport, vaqtincha olib chiqish, reimport, vaqtincha olib kirish, yo‘q qilish bojxona rejimlari uchun rusatnoma olish talabi bekor qilinganligiga oid o‘zgartirishlar kiritildi.Ruxsatnoma olish faqat tovarni bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash, bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimlarida talab etiladi.Kodeksga tranzit deklaratsiyasi tushunchasi kiritildi, unga ko‘ra tranzit deklaratsiyasi tovarlar va (yoki) transportlar haqidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan holda bojxona organiga taqdim etiladigan hamda bojxona hududiga olib kiriladigan va O‘zbekiston hududi orqali tranzit olib o‘tiladigan tovarlarini jo‘natuvchi bojxona organidan tovar kelib tushadigan bojxona organigacha nazorat qilish uchun foydalaniladigan hujjatdir.Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 3 oy o‘tgach kuchga kiradi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1116/40/11164095_263:0:2992:2047_1920x0_80_0_0_1dc39016ea678044c12a13069c753bf5.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, bojxona, davlat bojxona qo‘mitasi, yangi qonun
jamiyat, bojxona, davlat bojxona qo‘mitasi, yangi qonun
Bojxona kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi
Prezident “O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunni imzoladi.
TOShKENT, 2 fev — Sputnik. “O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun prezident tomonidan imzolandi.
Kiritilgan qo‘shimchalarga muvofiq, vakolatli iqtisodiy operatorlarning (insofli tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilariga soddalashtirilgan bojxona tartib-taomillaridan foydalanish huquqini taqdim etish) huquqiy maqomi Kodeksda belgilandi.
Kodeksga reeksport, vaqtincha olib chiqish, reimport, vaqtincha olib kirish, yo‘q qilish bojxona rejimlari uchun rusatnoma olish talabi bekor qilinganligiga oid o‘zgartirishlar kiritildi.
Ruxsatnoma olish faqat tovarni bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash, bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimlarida talab etiladi.
Kodeksga tranzit deklaratsiyasi tushunchasi kiritildi, unga ko‘ra tranzit deklaratsiyasi tovarlar va (yoki) transportlar haqidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan holda bojxona organiga taqdim etiladigan hamda bojxona hududiga olib kiriladigan va O‘zbekiston hududi orqali tranzit olib o‘tiladigan tovarlarini jo‘natuvchi bojxona organidan tovar kelib tushadigan bojxona organigacha nazorat qilish uchun foydalaniladigan hujjatdir.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 3 oy o‘tgach kuchga kiradi.