Tadbirkorlarga mehmonxona bo‘yicha yer va mol-mulk solig‘i stavkasi 90 foizga kamaytiriladi

© Sputnik / Yevgeniy Samarin / Mediabankka o‘tishNomer otelya
Nomer otelya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.01.2022
Obuna bo‘lish
Shuningdek, tadbirkorlarga foyda solig‘ini hisoblashda binolarning qiymati 2-yil amortizatsiya xarajatlari sifatida chegirib tashlanadi.
TOShKENT, 31 yanv — Sputnik. “Xizmatlar sohasini rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Tadbirkorlarga 2022-yil 1-yanvardan 2027-yil 1-yanvargacha mehmonxona va maydoni 5 ming kvadrat metrdan yuqori bo‘lgan savdo komplekslari bo‘yicha:
yer solig‘i va mol-mulk solig‘i stavkasi 90 foizga kamaytiriladi;
foyda solig‘ini hisoblashda binolarning qiymati 2-yil amortizatsiya xarajatlari sifatida chegirib tashlanadi.
2022 yil 1-apreldan 2025-yil 1-yanvargacha 28 ta tuman va shaharlarda umumiy ovqatlanish, mehmonxona, savdo, ko‘ngilochar, turoperator va turagent xizmatlarini ko‘rsatayotgan tadbirkorlar uchun:
aylanmadan olinadigan soliq – 1 foiz;
mol-mulk va yer solig‘i hisoblangan summaning 1 foizi miqdorida belgilanadi.
Mahallalararo savdo-xizmat ko‘chalari bo‘yida joylashgan turar joy obyektlari tegishli xizmat ko‘rsatish turlari bo‘yicha noturar joy obyekti toifasiga o‘tkazilganda 2024-yil 1-yanvargacha ularga nisbatan mol-mulk solig‘i va yer solig‘ining jismoniy shaxslar uchun o‘rnatilgan stavkasi saqlab qolinadi.
E-aktiv, mol-mulk solig‘i: tadbirkorlarga ayrim yengilliklar beriladi
Yangiliklar lentasi
0