Samarqandda keksa kishining yuziga tepgan fuqaro aniqlandi

© Foto: Samarqand viloyati IIBSamarqandda keksa odamning yuziga tepgan yigit IIBga olib kelindi
Samarqandda keksa odamning yuziga tepgan yigit IIBga olib kelindi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.01.2022
Obuna bo‘lish
Voqea Samarqand shahri Qo‘shchinor mahallasida sodir bo‘lgan. 15 yoshli voyaga yetmagan bola mahalladoshining yuz qismiga tepib hodisa joyini tark etgan.
TOShKENT, 31 yanv — Sputnik. Samarqandda keksa odamning yuziga tepgan yigit aniqlanib, IIBga olib kelindi. Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, voqea 2022-yilning 24-yanvar kuni soat taxminan 19:00 larda Samarqand shahri Qo‘shchinor mahallasida sodir bo‘lgan. 15 yoshli voyaga yetmagan O‘.A. mahalladoshi, 54 yoshli fuqaro F.R.ning yuz qismiga tepib hodisa joyini tark etgan.
Buni bolaning tanishi R.K. tasvirga olib, ijtimoiy tarmoqlarga tarqatgan.
Ta’kidlanishicha, O‘.A.ning ota-onasiga nisbatan hujjatlar rasmiylashtirilmoqda. Shuningdek, bo‘lib o‘tgan hodisa maktab rahbariyati ishtirokida ham muhokama etilgan.
“Qo‘shimcha sifatida aytish mumkinki, O‘.A. sport bilan shug‘ullanib kelgan. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda aytilganidek, yigit tiktokchi yoki tarmoq faoli emas”, - deyilgan xabarda.
Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB tergovga qadar tekshiruv harakatlarini olib bormoqda.

Mavzuga oid:

Samarqandda yigit yo‘lda ketayotgan keksani urib qochdi – video
Yangiliklar lentasi
0