Rossiya bilan urush Boris Jonsonga nega kerak

© REUTERS / UK Parliament / Jessica TaylorBritanskiy premyer-ministr Boris Djonson
Britanskiy premyer-ministr Boris Djonson - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.01.2022
Obuna bo‘lish
Britaniya bosh vazirining ishlari har qachongidan yomon, agar uni faqat urush qutqarib qoladigan bo‘lsa – hozircha faraz qilinayotgan urush.
Quvonch keltirmay qo‘ygan uy ishlarini tashlab, bu haftani Boris Jonson Rossiyaga bag‘ishlash niyatida. U Vladimir Putinga sim qoqmoqchi, Estoniyadagi Britaniya harbiylari soni ikki baravarga ko‘paytirishga va London tomonidan Rossiyaga nisbatan qabul qilinishi mumkin bo‘lgan sanksiyalar to‘plamini kengaytirishga tayyor.
Tahdidli choralarni e’lon qilish tashqi ishlar vaziri Elizabet Trassga topshirilgandi. Britaniya diplomatiyasi rahbari, aftidan, Rossiya chegarasi yaqinida namoyish qilgan tankdan hech ham tushgisi yo‘q.
Sky News telekanali efirida artilleriyacha dangallik bilan u “Kreml uchun qiziqish tug‘diradigan har qanday kompaniyaga” qat’iy jazoni va’da qildi. Boshlovchi Britaniya hukumati boy ruslardan Londondagi uylarini tortib oladimi deya so‘radi (Angliyada bu mavzu ketma-ket bir necha yildirki sevimli va qiziqarli mavzu). Liz Trass bunga sermazmun javob qaytardi: “Istisno qilinmaydi. Biz hozir sanksiyalarimiz kimga taalluqli bo‘lishini ochiqlamoqchi emasmiz”.
Lekin ichki kun tartibiga oid savollar berilishi bilanoq, zolim vazir muloyim bo‘lib qoldi: Yevropa Ittifoqi bilan munosabatlarda ko‘ngdalak bo‘lgan Shimoliy Irlandiya taqdiri haqida tushunib bo‘lmaydigan bir narsalarni aytdi, bosh vazir atrofidagi vaziyat haqida gap ketishi bilan umuman g‘uldirab qoldi va riyokorona uning fikrlarini to‘laligicha Rossiya va Ukraina bilan bandligini ko‘rsatdi.
Go‘yoki nazariy jihatdan bu o‘rinni o‘zi egallashi mumkin bo‘lgan Britaniya vazirlar mahkamasi rahbari taqdiri uni zarracha qiziqtirmaydigandek.
Jonson hozir o‘zini qutqarish uchun noiloj choralarini ko‘rishga urinmoqda. Uning qarorgohidagi tungi bazm bilan bog‘liq janjal kattalashgan, biroq bu yerda bosh vazirga London politsiyasi yordam kelgan.
O‘tgan hafta Jonson "u kim blan o‘tirgani, qayerda ichgani va turganini" tekshirgan qo‘li ostidagi xodim Syu Greyning ma’ruzasini chop qilishga va’da bergandi. Skotlend-Yard ishni boshini tutishi bilan hammasi o‘zgardi.
Bosh politsiyasi Kressida Dik dediki, uning qo‘li ostidagilar hatto bosh vazirni so‘roq qilishadi, u bunga xursandchilik bilan rozi bo‘ldi, chunki komissarning keyingi talabi Jonson va’da qilgan ma’ruza tafsilotlarini tergov ketayotgan paytda e’lon qilmaslik edi.
Britaniyaliklar Ukrainadan qochishga hozirlanishmoqda
Politsiya surushtiruvi uzoq oylarga cho‘zilishi ma’lum, bosh vazirga esa hozir har qachongiga qaraganda vaqt darkor.
Yuzaga kelgan qutqaruv tanaffusini zudlik bilan to‘ldirish zarur, bo‘lmasa Jonson uchun u noqulay va hatto halokatli bo‘ladi: saylovchilar gaz va elektr energiyasining o‘sib borayotgan narxiga duch kelishdi, apreldan ularni soliqlar oshirilishi ham kutib turibdi.
May oyida esa Buyuk Britaniyada mahalliy saylovlar bo‘lib o‘tadi. Ularning natijalariga ko‘ra bosh vazirning keyingi taqdiri hal bo‘ladi. Jonson esa og‘ir boshi bilan Rossiya-Ukraina mavzusiga sho‘ng‘imoqda: qo‘shin jo‘natishga tayyor va hatto o‘zi Sharqiy Yevropaga bormoqchi.
Har tomondan unga tetiklantiruvchi maslahatlar berilmoqda. "Bu safar Putin tushunishi kerakki, agar u NATO ittifoqchilaridan biriga yoki Yevropa Ittifoqining neytral a’zosiga teginishga jur’at qilsa, biz jang qilamiz, va biz hozir tayyorgarlik ko‘rishimiz shart", - deya yozadi The Times nashrida Jonatan Pauell, bosh vazir Toni Blerning sobiq apparat rahbari.
Ayrimlarning o‘zi Britaniyani Iroqqa yurishga tortish uchun ochiq-oydin aldovda ishtirok etganini eslatmay, jim turgani yaxshiroq edimi. Usullar hech ham o‘zgarmagan – razvedkaning to‘qib chiqargan ma’ruzalari, matbuotdagi keng ko‘lamli kampaniya.
So‘nggi haftalarda Ukraina atrofidagi vaziyatga o‘t qo‘yayotgan britaniyalik jurnalistlarning fikr zaxiralari qurib bitgan va fotobanklari bo‘shab qolgan. The Times qo‘lidagi qurol bo‘lgan kiyevlik uy bekasining bitta suratini, uni familiyasni turlicha atab, u xabardan bunisiga bunisdan unisiga qo‘ymoqda. Nima farqi bor? O‘zini ko‘rsatib tursin va ruslarga bo‘sh qo‘ymaslikni va’da bersa bo‘ldi-da.
AQSh va NATO javobi – xavfsizlik muammolarini “aralashtirib yuborish”
Bugun jiddiy saylov muammolari bo‘lganlar Rossiyaga qarshi vahimada yonib kuymoqda. Jonson va Baydenning reytinglari bir hol, Makron aprelda saylovda qatnashadi. Barcha zudlik bilan o‘zini bir narsa bilan band qilishi zarur.
Ittifoqchilarning birgalikdagi sa’y-harakatlari o‘z kuchlariga shubha qilayotgan nemislarni joyidan jildirish. Ukrainaga qurol yetkazib berishdan uyalib bosh tortgan, emishki, o‘tgan asrning o‘rtasidan buyon yomon tasavvurlar bor, yangi Germaniya hukumati baribir u yerga kaska jo‘natdi.
Germaniyadan kaska emas, balki u "Shimoliy oqim-2"dan voz kechishini kutishmoqda, albatta.
Bunday o‘zini mayib qilishlik chaqirig‘i bilan avvalo Buyuk Britaniya va AQSh chiqmoqda va ular o‘z muammolarini hal qilishga umid qilishmoqda – jumladan, nemislar hisobidan.
Britaniya bosh vazirining Rossiya atrofidagi vaziyatga moy sepib, o‘zinikilari orasidagi jazodan qutilib qolish qo‘lidan keladimi, ma’lum emas. Bu niyat aniq yangi emas.
Agar bu Rossiyaga bog‘liq bo‘lsa, unda urush bo‘lmaydi - Lavrov
Uning o‘tmishdoshi Tereza Mey Skripallar va qattiq sanksiya rejimi mavzusini aylantirib, bu usuldan foydalangandi. Uning Rossiya kapitaliga qarshi va’da qilgan kurashi o‘shanda Roman Abramovichga viza bermaslik bilan ahmoqona va sharmandalarcha yakunlangandi.
"Chelsi" xo‘jayini uchun bu chivin chaqqandek bo‘lgan, Mey xonimning o‘zi esa oxir-oqibat hiqillab, bosh vazir qarorgohini tark etgandi.
Yangiliklar lentasi
0