O‘zbekistonda yagona elektr halqa tizimi yaratiladi

© Sputnik / Andrey Sorokin / Mediabankka o‘tishLinii elektroperedach v moroz, arxivnoe foto
Linii elektroperedach v moroz, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.01.2022
Obuna bo‘lish
2026 yilga borib, jami generatsiya quvvatlarini 27 ming 400 megavattga, yillik ishlab chiqarish hajmini 110 milliard kilovatt soatga yetkazish mo‘ljallangan.
TOShKENT, 31 yanv — Sputnik. O‘zbekistonda yagona halqa tizimini hosil qilish rejalashtirilmoqda. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev 30-yanvar kuni tanishgan elektr energiyasi sohasidagi loyiha taqdimotidan ma’lum bo‘ldi.
Ma’lumki, shu yil 25-yanvar kuni mintaqa elektr ta’minotida texnik uzilish sodir bo‘ldi. Bu barcha elektr stansiyalarga ta’sir qilib, favqulodda vaziyat yuzaga keldi.
Davlat rahbari matbuot xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, bunga bir qancha sabablar bor.
Jumladan,
yagona energetika tizimi 220-500 kilovoltli magistral elektr tarmoqlar orqali to‘liq halqalashtirilmagan;
Shimoli-G‘arbiy va Janubi-G‘arbiy energouzelning asosiy qismida 500 kilovoltli tarmoqlar yo‘q;
ba’zi magistral tarmoqlar qo‘shni davlatlar hududi orqali o‘tgan;
“Shu bois, mamlakatimizda 500-750 kilovoltli tarmoqlarni qurish orqali yagona halqa tizimini hosil qilish rejalashtirilmoqda”, - deyilgan xabarda.
Xususan, 2026-yilga borib, jami generatsiya quvvatlarini 27 ming 400 megavattga, yillik ishlab chiqarish hajmini 110 milliard kilovatt soatga yetkazish mo‘ljallangan. Shunda respublikaning barcha hududlari 500-750 kilovoltli tarmoqlar orqali mustahkam bog‘lanadi va bir butun tizim yaratiladi.
Mirziyoyev elektr energiyasi tizimini isloh qilish, qo‘shni davlatlar bilan sohadagi hamkorlikni davom ettirish va rivojlantirish zarurligini ta’kidladi. Elektr energiyasi quvvatlarini oshirish hamda uni yetkazib berishni avtomatlashtirish bo‘yicha qaror loyihasini tayyorlashga ko‘rsatma berildi.
Mirziyoyev elektr energiyasi bilan bog‘liq holatda nimadan ko‘p qo‘rqqanini aytdi
Ta’kidlanishicha, bundan asosiy maqsad elektr energiyasi tizimini barqaror qilib, xavfsizligini mustahkamlash, aholini bu muhim manba bilan uzluksiz ta’minlashdir.
Eslatib o‘tamiz, 25-yanvar kuni Markaziy Osiyo energetik halqasida katta avariya sodir bo‘lgan edi. Unda bir necha daqiqa ichida Qozog‘iston janubi, O‘zbekiston va Qirg‘izistonning aksariyat shaharlari elektr ta’minotisiz qoldi. Toshkentda metro to‘xtatildi. Respublikadagi barcha poyezdlar o‘z manzillariga kechikdi, barcha aeroportlar bir necha soatga yopib qo‘yildi. 27-yanvar kuni soat 16:00 da O‘zbekistonning barcha hududlarida elektr energiyasi ta’minoti to‘liq tiklandi.
Mirziyoyev elektr energiyasidagi uzilishga munosabat bildirdi
28 yanvar kuni Qozog‘istonning KEGOC elektr tarmoqlarini boshqaruvchi kompaniyasi Markaziy Osiyodagi blekautga O‘zbekistonda yuz bergan hodisa sabab bo‘lganini ma’lum qildi. Kompaniyaning xabariga ko‘ra, 2022-yil 25-yanvar kuni soat 11:59 da qisqa tutashuv tufayli Sirdaryo IESdagi 6 ta energoblok birdaniga o‘chirilgan.
Prezident Shavkat Mirziyoyevning tegishli topshirig‘i bilan elektr energiyasi ta’minotida yuzaga kelgan nosozliklar sababini aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha bosh vazir huzurida hukumat komissiyasi tuzilgan. Hozircha komissiyaning yakuniy xulosasi e’lon qilinmagan.
Yangiliklar lentasi
0