Andijon viloyatida yangi tug‘ilgan chaqaloq murdasi topildi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovMashina DPS
Mashina DPS - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.01.2022
Obuna bo‘lish
Andijonda 17 yoshli qiz yangi tug‘ilgan chaqalog‘ini qurilishi tugallanmagan bino orqasiga tashlab ketgan.
TOShKENT, 31 yanv — Sputnik. Andijon viloyatining Jalaquduq tumanida chaqaloq o‘lik holda topildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 2022-yilning 21-yanvar kuni soat 09:30 larda tumandagi "Janubiy Olamushuk" shaharchasi, "Ittifoq" mahallasidagi ko‘p qavatli uylar joylashgan hududdan qiz jinsli yangi tug‘ilgan chaqaloqning jasadi tashqi tan jarohatlarsiz topilgan.
Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv davomida chaqaloqni voyaga yetmagan M.Sh. (2004 yilda tug‘ilgan) uyining yonidagi qurilishi tugallanmagan bino ichida 20-yanvar kuni soat 23:00 larda o‘lik tug‘ib, uning jasadini binoning orqa tomoniga tashlab ketgani aniqlangan.
Sud-tibbiy ekspertizasi ilmiy-amaliy markazi Andijon filialining dastlabki ma’lumotnomasida tug‘ilgan chaqaloq o‘lik homila ekani ko‘rsatilgan.
Chaqaloqning o‘lim sabablarini va badanlarida tan jarohatlari yoki ularning izlari bor-yo‘qligini aniqlash maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.
Jalaquduq tuman prokuraturasi tergovga qadar tekshirish harakatlarini davom ettirmoqda.
Yangiliklar lentasi
0