FVV is gazidan zaharlanishning asosiy sabablari sanab o‘tdi
11:00 28.01.2022 (yangilandi: 11:02 28.01.2022)
© Press-slujba MChS UzbekistanaPojarniy MChS
© Press-slujba MChS Uzbekistana
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda is gazidan zaharlanish holatlari afsuski haliga qadar juda ko‘p uchramoqda. FVV ushbu holatlarning asosiy sababini yana bir bor eslatib o‘tdi.
TOShKENT, 28 yanv - Sputnik. O‘zbekistonda 2021-yilda is gazi bilan bog‘liq jami 74 ta xolat aniqlanib, ushbu xolatlarda 67 nafar fuqaro zaharlangan va 128 nafar fuqaro vafot etgan, deb xabar qilindi FVV va IIV vakillari ishtirokida AOKAda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida .
Afsuski ushbu ayanchli statistika yangi yilda ham davom etib kelmoqda. Xususan, 2022-yilning 25-yanvarga qadar 16 hazarlanish holati sodir bo‘lib ularda 28 nafar fuqaro vafot etgan va 9kishi zaharlangan.
Tahlillarga ko‘ra, is gazidan zaharlanish holatlarining aksariyati quyidagi sabablarga ko‘ra yuzaga kelmoqda:
gaz, ko‘mir, o‘tin va boshqa yoqilg‘idan foydalanishda xavfsizlik choralariga rioya etmaslik;
nostandart, qo‘lbola yasalgan yoki sertifikatga ega bo‘lmagan isitish pechlari va anjomlaridan foydalanish;
isitish pechlarining dudburonlarini noto‘g‘ri o‘rnatish;
gaz yoki boshqa muqobil yoqilg‘iga moslashtirilgan isitish pechlarini dam olish, uxlash xonalari ichida o‘rnatilishi;
havo almashmaydigan xonalarni isitishda ochiq olov (ko‘mir va o‘tin cho‘g‘lari)dan foydalanish;
havoni almashtiruvchi shamollatish shaxtalari yoki tuynuklarni berkitib (to‘sib) qo‘yish shular jumlasidan.
Is gazi (SO) rangsiz, hidsiz, ko‘p uchraydigan zaharli birikma tabiiy gaz, yoqilg‘i, ko‘mir, o‘tin cho‘g‘lari to‘liq yonmasligi, chala yonishi oqibatida vujudga keladi. Is gazi organizmga nafas olish orqali kirib boradi. Ushbu gaz kislorodga nisbatan 300 marotaba tez va ko‘proq gemoglobinga birikish xususiyatiga ega. Oqibatda gemoglobinning to‘qimalarga kislarod tashish xususiyati juda pasayib, gipoksiyaga, og‘ir zaharlanganda anoksiyaga olib kelishi mumkin.
© SputnikOstorojno gaz! desk uzb
Ostorojno gaz! desk uzb
© Sputnik