Onkologiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.01.2022
Bu qiziq
Ushbu ruknimizda ilm-fan, inson sog‘ligi, foydali va zararli oziq-ovqatlar, parhez taomlar, shifokorlar maslahati va boshqa barcha uchun qiziqarli ma’lumotlar bor.

Baliq yog‘i qanday kasalliklardan himoya qiladi?

© Pixabay/frolicsomeplOmega-3 polinenasishennie jirnie kisloti
Omega-3 polinenasishennie jirnie kisloti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.01.2022
Obuna bo‘lish
Nutritsiolog Mixaylenko: baliq yog‘i ko‘zlar uchun foydali va immunitetni mustahkamlaydi.
Nutritsiolog Yekaterina Mixaylenko baliq yog‘ini muntazam iste’mol qilishning foydali jihatlari haqida RIA Novostiga so‘zlab berdi.
Uning aytishicha, baliq yog‘i A va D vitaminlari, shuningdek, Omega-3 to‘yingan kislotalariga boy.
“A vitamini teri yoshligini saqlashda, immunitetni mustahkamlashda va ko‘zlar salomatligida juda zarur. D vitaminining yetishmasligi suyaklarda kalsiy va fosfor almashinuvi buzilishiga olib keladi. Bu esa o‘z navbatida osteoporoz, ya’ni skeletning barcha suyaklarini zararlantiruvchi tizimli kasallik kelib chiqish xavfini ko‘paytiradi”.
Mutaxassis so‘zlariga ko‘ra, foydali va shifobaxsh baliq yog‘lari seld, paltus, skumbriya, losos, tunes va treska kabi baliqlarda ko‘p.
“Treska balig‘i jigaridan olingan yog‘da A va D vitaminlari ikki barobar ko‘p. Bu yog‘da, shuningdek, kaliy, magniy, fosfor bor. Biroq yuqori kaloriyaligi tufayli treska jigarini meyorda iste’mol qilish zarur”, deydi nutritsiolog.
Yangiliklar lentasi
0