Jahon OAVlari o‘zbek xurmosi haqida nimalar yozmoqda

© Pixabay / choe yongwoo Xurma
Xurma - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.01.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston dunyodagi xurmo eksport qiluvchi eng yirik besh mamlakatdan biri. Mevaning qaysi navlari mashhur va asosan qaysi mamlakatlar sotib olmoqda? Batafsil materialimizda o‘qing.
TOShKENT, 26 yanv — Sputnik. O‘zbek xurmosi shiraliligi va o‘ziga xos ta’mi bilan mashhur.
Xususan, bu haqida jahon ommaviy axborot vositalari ham yozmoqda. Yaqinda Fruchtportal.de nashrida Farg‘ona viloyatida xurmo yetishtirish haqida maqola e’lon qilindi.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, so‘nggi uch yilda viloyatda o‘rta va yirik plantatsiyalarning umumiy maydoni 33% ga oshgan, ya’ni 604 gektardan 804 gektarga.
"Farg‘ona viloyatida xurmoning 10 dan ortiq navi yetishtiriladi. Oltiariq, Quva, Farg‘ona va Beshariq tumanlari xurmo yetishtirish bo‘yicha yetakchi", - deya yozadi nashr.
O‘zbekiston dunyodagi eng yirik xurmo eksport qiluvchi beshta davlatdan biridir.
Eksport bo‘yicha ham Farg‘ona viloyati yetakchilik qilmoqda. Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021-yilda viloyatdan tashqi bozorga 20,2 ming tonna xurmo jo‘natilgan bo‘lib, bu umumiy eksport mahsulotining 32,6%ini tashkil etdi.
O‘zbek xurmolarini Rossiya, Qozog‘iston, Turkmaniston, Qirg‘iziston, Belarus, Ukraina va Birlashgan Arab Amirliklari sotib oladi .

"Korolok" va boshqa xurmo navlari

O‘zbekiston va Rossiyada ham eng mashhur xurmo navi "Xiakume" hisoblanadi. Xalq tilida bu nav “korolok” nomi bilan mashhur.
Akademik Mahmud Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy tadqiqot institutining ma’lum qilishicha, ushbu nav mevasi kichik dumaloq shaklda bo‘lib, to‘q sariq rangda.
“Korolok” xurmoning qovjiramaydigan navi. Xalq tabobatida "Korolok" ko‘pincha yurak va buyrak kasalliklaridan kelib chiqadigan shishlarni bartaraf etish uchun tavsiya qilinadi. Bundan tashqari, xurmo buyraklar uchun foydali va yuqori bakteritsid ta’sirini ta’minlaydi.
Ikkinchi eng mashhur nav - “Zenji Maru” yoki qizil-jigarrang rangga ega “shokoladli” xurmo.
“U o‘zining taxir, tanglayga yopishadigan ta’mini faqat pishganida yo‘qotadi. Agar uning mevasi teginganda qattiq bo‘lsa, demak pishmagan, agar u butunlay yumshoq bo‘lsa, allaqachon pishgan bo‘ladi”, - deydi tadqiqot instituti xodimlari.
“Buqa yuragi” navi rossiyaliklar orasida ham sevib iste’mol qilinadi. ushbu navning urug‘i yo‘q, to‘q sariq rangga ega bo‘ladi va hech qachon qoraymaydi.
Biroq, ushbu navni yaxshi pishgan holda topish murakkab, chunki yumshoq mevalarni nafaqat boshqa mamlakatdan keltirish, balki do‘kondan yoki bozordan sumkada uyga olib ketish ham noqulay va qiyin, deyishdi tadqiqot institutida.

Mavzuga oid:

Xurmo iste’mol qilayotganda organizmda nimalar sodir bo‘ladi
Kimlarga xurmo yeyish mumkin emas
Bu yil xurmo eksportga arzon sotilmoqda - xalqaro ekspertlar
Yangiliklar lentasi
0