Barcha shifoxonalarda elektr uzluksizligi ta’minlanmoqda - SSV

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishReanimatsiya vremennogo gospitalya
Reanimatsiya vremennogo gospitalya  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.01.2022
Obuna bo‘lish
Har bir shifoxonada elektr ta’minoti uchun 24 soat navbatchilik tashkil etilgan - vazirlik.
TOShKENT, 26 yanv - Sputnik. Barcha tibbiyot muassasalarida elektr uzuluksizligini ta’minlash choralari ko‘rildi, deb xabar qilmoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi.
Respublikadagi barcha tibbiyot muassasalari, reanimatsiya bo‘limlari, tug‘uruq komplekslari va koronavirusga ixtisoslashgan shifoxonalarda mahalliy hokimliklar bilan birgalikda elektr ta’minotida uzilishlarning oldini olishga qaratilgan zarur choralar ko‘rilmoqda.
Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonalarida ham elektr uzluksizligini ta’minlash maqsadida dizel generatorlari ishlab turibdi.
Shuningdek, qolgan tibbiyot muassasalarida ham dizel elektr manbai o‘rnatilgan bo‘lib, har bir shifoxonada elektr ta’minoti uchun 24 soat navbatchilik tashkil etilgan.
Ulardagi vaziyat vazirlik markaziy shtabi tomonidan tunu kun muvofiqlashtirib turilibdi.
Yangiliklar lentasi
0