https://oz.sputniknews.uz/20220125/zakovat-oyini-goliblari-otmga-imtihonsiz-kirishadi-22357072.html
“Zakovat” o‘yini g‘oliblari OTMga imtihonsiz kirishadi
“Zakovat” o‘yini g‘oliblari OTMga imtihonsiz kirishadi
Sputnik O‘zbekiston
Prezident Shavkat Mirziyoyev "Zakovat" va intellektual o‘yinlarni rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risidagi qarorni imzoladi.
2022-01-25T06:02+0500
2022-01-25T06:02+0500
2022-01-25T06:02+0500
jamiyat
otm
zakovat o‘yini
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/03/02/16110419_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_d29896120fcb07335e66534ed20f1158.jpg
TOShKENT, 25 yanv — Sputnik. Intellektual o‘yinlar, jumladan, “Zakovat” umumiy o‘rta ta’lim maktablari, prezident ta’lim muassasalari, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari hamda oliy ta’lim muassasalari, shuningdek, ko‘ngilli jamoalar o‘rtasida tizimli ravishda o‘tkazib boriladi. Bu O‘zbekiston prezidenti imzolagan tegishli qarorda belgilab qo‘yilgan.2022/2023 o‘quv yilidan boshlab intellektual o‘yinlarning respublika bosqichida g‘olib bo‘lgan o‘quvchi yoshlar va talabalar uchun “Zakovat” stipendiyasi ta’sis etiladi. U yil davomida har oyda beriladi.Ta’lim muassasalarida tashkil etilgan “Zakovat” intellektual klublarining koordinatori bo‘lgan professor-o‘qituvchilarga direktor jamg‘armasi hamda oliy ta’lim muassasalarining budjetdan tashqari jamg‘armalari hisobidan bir oylik mehnatga haq to‘lash fondining 50 foizi miqdorida bir martalik ustama to‘lab beriladi.OTMga kirish uchun chet tilidan ham majburiy imtihon topshiriladiMamlakatda intellektual o‘yinlarni yanada rivojlantirish maqsadida Davlat budjetidan “Zakovat” intellektual klubi” nodavlat notijorat tashkilotiga 2022-yilda 50 milliard so‘m mablag‘ ajratiladi.Mazkur mablag‘lar intellektual o‘yinlarni tashkil etish, savol yo‘llagan teletomoshabinlarni moddiy rag‘batlantirish, ekspertlar va hakamlarga ish haqi to‘lash, “Zakovat” intellektual klubi a’zolari uchun ochiq ro‘yxatdan o‘tish elektron platformasini yaratish va uni yuritish hamda g‘olib bo‘lgan jamoalar a’zolarini rag‘batlantirishga yo‘naltiriladi.Texnikum bitiruvchilarini OTMga suhbat asosida o‘qishga qabul qilish tartibi tasdiqlandiDavlat xizmatini rivojlantirish agentligi Intellektual olimpiada g‘olib va sovrindorlarini o‘z mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar zaxirasiga olish amaliyotini yo‘lga qo‘yadi.2022/2023 o‘quv yilidan boshlab har yili aprel oyida “Intellektual haftalik” tadbirini tizimli ravishda o‘tkaziladi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/03/02/16110419_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_dde4206d855375dd18cab13e2fe41660.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
zakovat o‘yini g‘oliblari imtiyozlar otmga imtihonsiz kirish zakovat sovrindoriga beriladigan imtiyoz
zakovat o‘yini g‘oliblari imtiyozlar otmga imtihonsiz kirish zakovat sovrindoriga beriladigan imtiyoz
“Zakovat” o‘yini g‘oliblari OTMga imtihonsiz kirishadi
Shavkat Mirziyoyev "Zakovat" va intellektual o‘yinlarni rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risidagi qarorni imzoladi.
TOShKENT, 25 yanv — Sputnik. Intellektual o‘yinlar, jumladan, “Zakovat” umumiy o‘rta ta’lim maktablari, prezident ta’lim muassasalari, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari hamda oliy ta’lim muassasalari, shuningdek, ko‘ngilli jamoalar o‘rtasida tizimli ravishda o‘tkazib boriladi. Bu O‘zbekiston prezidenti imzolagan tegishli
qarorda belgilab qo‘yilgan.
Tashkiliy qo‘mita tavsiyasiga ko‘ra intellektual o‘yinlarning respublika bosqichi g‘oliblari va sovrindori (1-3-o‘rinlar) o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari va oliy ta’lim muassasalariga bazaviy to‘lov kontrakt asosida imtihonlarsiz qabul qilinadi. G‘olib amaldagi talabalar esa xuddi shartlarda OTMdagi ta’limning keyingi bosqichiga o‘tishlari mumkin.
2022/2023 o‘quv yilidan boshlab intellektual o‘yinlarning respublika bosqichida g‘olib bo‘lgan o‘quvchi yoshlar va talabalar uchun “Zakovat” stipendiyasi ta’sis etiladi. U yil davomida har oyda beriladi.
Ta’lim muassasalarida tashkil etilgan “Zakovat” intellektual klublarining koordinatori bo‘lgan professor-o‘qituvchilarga direktor jamg‘armasi hamda oliy ta’lim muassasalarining budjetdan tashqari jamg‘armalari hisobidan bir oylik mehnatga haq to‘lash fondining 50 foizi miqdorida bir martalik ustama to‘lab beriladi.
Mamlakatda intellektual o‘yinlarni yanada rivojlantirish maqsadida Davlat budjetidan “Zakovat” intellektual klubi” nodavlat notijorat tashkilotiga 2022-yilda 50 milliard so‘m mablag‘ ajratiladi.
Mazkur mablag‘lar intellektual o‘yinlarni tashkil etish, savol yo‘llagan teletomoshabinlarni moddiy rag‘batlantirish, ekspertlar va hakamlarga ish haqi to‘lash, “Zakovat” intellektual klubi a’zolari uchun ochiq ro‘yxatdan o‘tish elektron platformasini yaratish va uni yuritish hamda g‘olib bo‘lgan jamoalar a’zolarini rag‘batlantirishga yo‘naltiriladi.
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Intellektual olimpiada g‘olib va sovrindorlarini o‘z mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar zaxirasiga olish amaliyotini yo‘lga qo‘yadi.
2022/2023 o‘quv yilidan boshlab har yili aprel oyida “Intellektual haftalik” tadbirini tizimli ravishda o‘tkaziladi.