Toshkentda “svet” o‘chishi tirbandlikni keltirib chiqardi

© Sputnik / Anton Denisov / Mediabankka o‘tishAvtomobili
Avtomobili - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.01.2022
Obuna bo‘lish
Respublikaning ayrim hududlarida elektr energiyasi ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda.
TOShKENT, 25 yanv — Sputnik. Toshkent shahrida elektr ta’minotida uzilish bo‘lganligi sababli ko‘chalarda tirbandliklar yuzaga kelmoqda. Poytaxt IIBB fuqarolarga murojaat bilan chiqdi.
"Tirbandliklarni oldini olish maqsadida zarurat bo‘lmaganda shaxsiy transport vositalaridan foydalanmasligizni so‘rab qolamiz", - deyilgan xabarda.
Bugun soat 11:00 da energotizimda yirik nosozlik yuzaga kelib, respublikaning ayrim hududlarida elektr energiyasi ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda.
Uzilishlar qator xizmat ko‘rsatish sohalariga ta’sir ko‘rsatmoqda. Xususan, Toshkent metrosi vaqtincha ishlmayapti. Uy joy kommunal xizmat vazirligi isitish, oqova hamda ichimlik suv tarmoqlarida ham uzilishlar kuzatilishidan ogohlantirdi. "O‘zbekiston temir yo‘llari" ayrim yo‘lovchi poyezdlarning o‘z manzillariga yetib borish kechikishi kuzatilishini bildirdi. "O‘zsuvta’minot" esa chimlik suvi yetkazilishida ham vaqtinchalik uzilishlar yuzaga kelishi mumkingidan ogohlantirdi.
Yangiliklar lentasi
0