Toshkentda metro harakati vaqtinchalik to‘xtadi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovStansiya metro v Tashkente
Stansiya metro v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.01.2022
Obuna bo‘lish
Toshkent metropoliteni: Toshkent metropolitenining barcha yo‘nalishlarida vaqtinchalik metro harakati to‘xtadi.
TOShKENT, 25 yanv — Sputnik. Toshkent shahri bo‘ylab elektr energiyasida uzilish kuzatilmoqda. Uzilishlar Toshkent metropoliteni faoliyatiga ham ta’sir ko‘rsatgan.
"Toshkent shahrining barcha hududlarida elektr energiyasi o‘chganligi sababli Toshkent metropolitenining barcha yo‘nalishlarida vaqtinchalik metro harakati to‘xtadi", - deyiladi "Toshkent metropoliteni" DUK xabarida.
Nosozlik bartaf etilganidan so‘ng metro yo‘lovchilarga doimiy jadval asosida xizmat ko‘rsatishni davom ettiradi.
Energetika vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, bugun soat 11:00 da energotizimda yirik nosozlik yuzaga kelib, respublikaning ayrim hududlarida elektr energiyasi ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0