Svet o‘chishi sababi ma’lum bo‘ldi - Energetika vazirligi

© Sputnik / Ilya Naymushin / Mediabankka o‘tishLinii elektroperedach v Krasnoyarskom krae
Linii elektroperedach v Krasnoyarskom krae - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.01.2022
Obuna bo‘lish
Svet o‘chishi Qozog‘iston energetika tarmoqlaridagi avariya tufayli sodir bo‘lgan.
TOShKENT, 25 yanv - Sputnik. O‘zbekiston Energetika vazirligi Toshkent va boshqa viloyatlarda svet nima sababdan o‘chganini tushuntirdi.
Soat 10:57 da Qozog‘iston Respubliksi Elektr tarmog‘ida katta avariya bo‘lishi natijasida Olma-ota, Shimkent, Taras, Turkiston (viloyatlarida) va atrof hududlarida Elektr eyenergiya ta’minotida o‘chishlar yuzaga keldi.
Buning natijasida Qirg‘iziston elektr tarmog‘ida, jumladan Bishkek, O‘sh va boshqa barcha shaharlarda elektr energiya o‘chishi kuzatildi.
Yagona elektr tarmog‘iga ulangan O‘zbekisiton elektr tarmog‘i bu avariyaning salbiy ta’siri natijasida Qozog‘istondan keluvchi 530 liniyadagi kuchlanish va chastotani keskin o‘zgarishi oqibatida Toshkent GRESi, Sirdaryo GRESi da avariya himoya vositalari ishlab ketib bu ikkala stansiyani ham avtomatik ravishda avtomatik ravishda o‘chishiga olib kelgan.
Natijada Farg‘ona va Toshkent shahri va viloyati, Farg‘ona vodiysi hududi, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand, Navoiy, Qashqadaryo viloyatlari tarmoqlarida elektr energiyasi o‘chdi. Xozirgi vaqtda qo‘shni davlat tarmoqlaridan uzgan holatda har bir TESlarni alohida ishga tushirib, bosqichma bosqich tarmoqlarni ulab, ishga tushirish choralari ko‘rilmoqda, - deyiladi vazirlik xabarida.
Eslatib o‘tamiz, O‘rta Osiyo energiya halqasi Sovet davrida qurilgan bo‘lib u O‘zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston, Qozog‘iston va Qirg‘izistonda joylashgan 83 ta elektr stansiyalarni birlashtirgan edi. Uning boshqaruv-nazorat punkti esa Toshkentda joylashgan edi. Ushbu tizim nafaqat elektr ta’minoti, balkim qishloq xo‘jaligi yerlarini suv bilan ta’minlash jarayonlarini o‘zaro muvofiqlashtirish bilan shug‘ullanar edi.
Yangiliklar lentasi
0