“Svet” o‘chishi jarrohlik amaliyotlariga xavf tug‘diradimi

© Sputnik / Kirill Shipitsin / Mediabankka o‘tishVrachi vo vremya operatsii
Vrachi vo vremya operatsii  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.01.2022
Obuna bo‘lish
SSV: barcha operatsion bloklar zamonaviy tarzda jihozlangan va qo‘shimcha ta’minot generatorlariga ulangan.
TOShKENT, 25 yanv — Sputnik. Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkent shahridagi elektr energiyasidagi uzilishlar yirik tibbiy markazlar faoliyat yuritishi va ularda uzluksiz operatsiyalar o‘tkazilishiga qanchalik ta’sir qiladi degan savolga javob berdi.
“Xavotirga o‘rin yo‘q. Barcha operatsion bloklar zamonaviy tarzda jihozlangan va qo‘shimcha ta’minot generatorlariga ulangan. Bir manbadan uzilish darhol ikkinchisi ulanishiga sabab bo‘ladi. Albatta, yordamchi dizel generatorlar bilan uzoq vaqt ishlab turish qiyin. Lekin tez orada umumiy ta’minot tiklanishiga umid qilamiz. Keyingi jarrohlik amaliyotlari shunga qarab rejalashtiriladi”, - dedi vazirlik matbuot kotibi Furqat Sanayev.
Bundan tashqari, SSV tomonidan tezkor chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan. Tibbiy maskanlarning uzluksiz ishlashini ta’minlash bo‘yicha topshiriqlar berilgan.
Yangiliklar lentasi
0