"Sabriya" seriali bo‘yicha o‘tkazilgan ekspertiza natijalari e’lon qilindi

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Mediabankka o‘tishSifrovoe televeshanie
Sifrovoe televeshanie  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.01.2022
Obuna bo‘lish
“Sabriya” nomli milliy teleserialida axloqsizlik sahnalari yuzasidan ekspertiza o‘tkazildi.
TOShKENT, 25 yanv — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan “Sevimli” telekanalida efirga uzatilgan “Sabriya” nomli milliy teleserialida axloqsizlik sahnalari yuzasidan ekspertiza o‘tkazildi.

"Ekspertiza davomida teleserialning 2021-yil 29-dekabr kungi qismida Arslon ismli qahramonning mehmonxonada begona ayol bilan yotgani, 2022-yil 4-yanvar kungi qismida bir ayolning mast holatdagi turmush o‘rtog‘ini uni xo‘rlagani uchun uxlab yotgan vaqtida pichoqlab o‘ldirgani, bundan tashqari, 14-yanvar kungi qismida esa uch nafar bezorining giyohvand moddalarni iste’mol qilgani va ularning bitta xonadonga bostirib kirgani, yigitlardan biri uydagi ayolga zo‘rlik ishlatgani tasvirlangan sujetlar o‘rganildi.
Ekspertlar quyidagi xulosaga kelishgan:
lavha sujetidagi o‘g‘rining ayolga qilgan xatti-harakatlari kuch ishlatish yo‘li bilan nomusiga tegishga urinish sahnasi sifatida baholandi. Bunday teleseriallar namoyish etilishi yoshlar o‘rtasida xotin-qizlarga nisbatan kuch ishlatishga moyillikni oshirishga xizmat qiladi;
badiiy film va teleserial jamiyatdagi qarashlarni, yoshlarning tarbiyasini shakllantiradigan muhim vositalardan biri ekanini hisobga olib, ommaga taqdim etilayotgan har bir sujet, so‘z va harakat uchun mas’uliyatli bo‘lish kerak;
ayollarning obro‘yiga jiddiy putur yetkazayotgan sayoz "ijod namunalari" efirga uzatilishining oldini olish, gender tengligi va boshqa umuminsoniy qadriyatlar, milliy mentalitetni hisobga olib, etika nuqtayi nazaridan teleseriallarni telekanallarning badiiy tahlilidan o‘tkazilgandan so‘nggina namoyish qilish maqsadga muvofiq.
Shuningdek, ayolga to‘g‘ridan to‘g‘ri tajovuz tasviri aks etgan ushbu lavha ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan keskin tanqid qilinib, salbiy fikr-mulohazalar ifoda etilishiga, shu jumladan, ayrim fuqarolar, mas’ul xodimlarning obro‘sizlanishiga sabab bo‘ldi.
“Sabriya” nomli milliy teleserial bo‘yicha tayyorlangan ekspertiza xulosasi ko‘rib chiqish va huquqiy baho berish uchun Bosh prokuraturaga jo‘natildi", - deyilgan rasmiy bayonotda.
Mavzuga doir so‘nggi materiallar:
Kinematografiya agentligi va “Sevimli” o‘rtasidagi manfaatlar to‘qnashuvi tasdiqlandi
"Sevimli" telekanali bosh direktori vazifasidan ozod etildi
Saida Mirziyoyeva “Sevimli”dagi axloqsiz serialni tanqid qildi
Yangiliklar lentasi
0