https://oz.sputniknews.uz/20220125/kievda-miting-politsiya-va-tadbirkorlar-ortasida-toqnashuv-yuz-berdi--video-22377267.html
Kiyevda miting: politsiya va tadbirkorlar o‘rtasida to‘qnashuv yuz berdi – video
Kiyevda miting: politsiya va tadbirkorlar o‘rtasida to‘qnashuv yuz berdi – video
Sputnik O‘zbekiston
Kiyevning markaziy ko‘chalarida tadbirkorlar norozilik namoyishiga chiqdi.
2022-01-25T19:49+0500
2022-01-25T19:49+0500
2022-01-25T23:05+0500
dunyoda
ukraina
norozilik namoyishi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/01/19/22377054_0:182:2990:1864_1920x0_80_0_0_32236df3211720d2e7e41ec9fd991045.jpg
TOShKENT, 25 yanv — Sputnik. Kiyevning markaziy ko‘chalarida tadbirkorlar norozilik namoyishiga chiqdi.Namoyishga chiqqan tadbirkorlar Oliy Rada va prezident Zelenskiyning ofisiga bostirib kirishga harakat qildi. Politsiya ularning yo‘lini to‘sdi.Ishbilarmonlar soliq imtiyozlari, nazorat-kassa mashinalaridan foydalanishning soddalashtirilgan tizimi to‘g‘risidagi qonun loyihasini qabul qilish va soliq kodeksidagi boshqa yengilliklar talab qilmoqda.Faol namoyishchilar qo‘lga olinmoqda, politsiya ko‘zni yoshlantiruvchi gaz qo‘lladi.Ukrainalik ishbilarmonlar norozilik namoyishlarini 2020-yil noyabr oyida boshlagan. Avvaliga ular koronavirus sababli karantin cheklovlariga qarshi chiqqan bo‘lsa, keyinchalik soliq sohasidagi ayrim qonunchilik normalarini bekor qilishni talab qila boshladi. Tadbirkorlar kichik biznes egalarining nazorat-kassa mashinalariga ega bo‘lishini talab qiluvchi qonunlarga qarshi chiqdilar. 2020-yil 15-dekabrdan boshlab ular o‘z noroziliklarini muddatsiz deb e’lon qildilar va hozirda Kiyevning markaziy qismida navbatchilik qilib, vaqti-vaqti bilan yurish va mitinglar o‘tkazmoqda.Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy kichik biznes uchun nazorat-kassa mashinalarini joriy etishni 2022-yil 1-yanvargacha kechiktirish to‘g‘risida qonunlar to‘plamini imzoladi. Davlat rahbari mikrobiznes muammolarini hal etish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash tuzish taklifi bilan ham chiqdi.
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/01/19/22377054_131:0:2860:2047_1920x0_80_0_0_305df0959479a4a64269f60b9d31114e.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
kiyevda miting: politsiya va tadbirkorlar o‘rtasida to‘qnashuv
kiyevda miting: politsiya va tadbirkorlar o‘rtasida to‘qnashuv
Kiyevda miting: politsiya va tadbirkorlar o‘rtasida to‘qnashuv yuz berdi – video
19:49 25.01.2022 (yangilandi: 23:05 25.01.2022) Kiyevning markaziy ko‘chalarida tadbirkorlar norozilik namoyishiga chiqdi.
TOShKENT, 25 yanv — Sputnik. Kiyevning markaziy ko‘chalarida tadbirkorlar norozilik namoyishiga chiqdi.
Namoyishga chiqqan tadbirkorlar Oliy Rada va prezident Zelenskiyning ofisiga bostirib kirishga harakat qildi. Politsiya ularning yo‘lini to‘sdi.
Ishbilarmonlar soliq imtiyozlari, nazorat-kassa mashinalaridan foydalanishning soddalashtirilgan tizimi to‘g‘risidagi qonun loyihasini qabul qilish va soliq kodeksidagi boshqa yengilliklar talab qilmoqda.
Faol namoyishchilar qo‘lga olinmoqda, politsiya ko‘zni yoshlantiruvchi gaz qo‘lladi.
Ukrainalik ishbilarmonlar norozilik namoyishlarini 2020-yil noyabr oyida boshlagan. Avvaliga ular koronavirus sababli karantin cheklovlariga qarshi chiqqan bo‘lsa, keyinchalik soliq sohasidagi ayrim qonunchilik normalarini bekor qilishni talab qila boshladi. Tadbirkorlar kichik biznes egalarining nazorat-kassa mashinalariga ega bo‘lishini talab qiluvchi qonunlarga qarshi chiqdilar. 2020-yil 15-dekabrdan boshlab ular o‘z noroziliklarini muddatsiz deb e’lon qildilar va hozirda Kiyevning markaziy qismida navbatchilik qilib, vaqti-vaqti bilan yurish va mitinglar o‘tkazmoqda.
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy kichik biznes uchun nazorat-kassa mashinalarini joriy etishni 2022-yil 1-yanvargacha kechiktirish to‘g‘risida qonunlar to‘plamini imzoladi. Davlat rahbari mikrobiznes muammolarini hal etish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash tuzish taklifi bilan ham chiqdi.