Kaliningrad – NATO qovurg‘alari orasidagi xanjar: uni qanday “zararsizlantirish” mumkin?
19:12 25.01.2022 (yangilandi: 18:35 05.04.2023)
© AP Photo / Shakh AivazovVoyennoslujashie SShA vo vremya sovmestnix voyennix ucheniy na baze Vaziani nepodaleku ot Tbilisi, Gruziya
© AP Photo / Shakh Aivazov
Obuna bo‘lish
Britaniya va Fransiyaning Estoniyada joylashgan harbiy bo‘linmalari Sankt-Peterburgga yaqin joylashgan bo‘lsada, qurolli mojaro sodir bo‘lganda ular birinchi bo‘lib qochadi, deb hisoblaydi maqola muallifi.
AQSh va NATOning Sharqiy Yevropadagi tajovuzkor rejalari Rossiyaning mustahkam mudofaa devorlariga urilib to‘xtamoqda. Vashington va Brussel o‘zining Rossiya Federatsiyasiga nisbatan olib borayotgan, bugungi kun realligidan bexabar siyosati o‘z ittifoqchilarini geosiyosiy suiqasd tomon yetaklamoqda.
Ular Moskva taklif qilgan, tomonlar teng huquqligi asosida qurilgan, global xavfsizlikning konstruktiv va tizimli rejalariga amal qilmasdan, Boltiq dengizidan Qora dengizgacha bo‘lgan hududda Rossiyaga reallikdan uzoq ko‘rinishdagi harbiy bosim o‘tkazishga urinishmoqda. Ular go‘yoki, Rossiya ushbu urushda yengilgan taqdirda, bu AQSh va NATOning boshqa davlatlarining avtomatik ravishda yo‘q qilinishini unutib qo‘ygandek.
Rossiyaning yadroviy siyosati (strategiyasi) asoslariningn 17 bandini yaga bir bor esga olamiz: “RF o‘ziga yoki uning ittifoqchilariga nisbatan yadroviy yoki ommaviy qirg‘in qurollarining boshqa turi qo‘llanilganda, shuningdek Rossiyaga nisbatan odatiy qurollar bilan tajovuz qilinganda, davlat tuzumiga xavf tuyulganida – yadrov qurolni qo‘llash huquqini o‘zida saqlab qoladi. Yadroviy qurolni qo‘llash haqidagi qaror prezident tomonidan qabul qilinadi”.
Bu mutlaq “demokratik” emas, albatta, lekin tezkor va samarali. Bunday vaziyatda, g‘ar qanday urush ularning butunlay yo‘q bo‘lib ketishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan vaqtda, G‘arb davlatlari o‘z xavfsizligi uchun bir qadam orqaga yurishi kerak – ya’ni 1977yilga qadar NATO xavfsiz kun kechirgan hududlarga. Lekin ularga nimadir tinchlik bermayapti. Yoki 2021-yilning avgustida Afg‘oniston tolib*laridan turtki yeganidan so‘ng AQSh bugun Sharqiy Yevropa hududida o‘z kuchini ko‘rsatmoqchimi? AQSh Yevropada yuqor texnologik qurolga ega bo‘lgan, yadroviy kuchli Rossiyaga qarshi o‘zining Sharqiy Yevropadagi imkoniyati cheklangan, qaram davlatlari yordamida kurashmoqchimi?
Amerikalik tahlilchilar Kaliningradni Litva va Polsha qo‘shinlari yordamida egallab olish rejalarini tuzishmoqda. Lekin Varshava va Vilnyus Vashington manfaatlari uchun qahramonlarcha kurashish va qurbon bo‘lishni istamaydi. Shuning uchun Oq uy hozircha Moskva va Minsk bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri mojaroga kirishmagan holda, “Ukraina frontiga” o‘zining jangovar xitoblari va yengil qurollari yordamida ko‘maklashmoqda. O‘z navbatida qo‘lidan hech narsa kelmaydigan Kiyev rejimi Moskva bilan to‘qnashuvga Vashingtonni va G‘arbiy yevropani tortishga urinmoqda. Bunday masxarabozlik juda xavfli bo‘lishi mumkin va Shimoliy Amerika va Yevropada millionlab odamlarning umriga zomin bo‘lishi mumkin.
“Cheksiz imkoniyatlar”
Kaliningrad viloyatiga qo‘shni bo‘lgan Litvada 19-21 yanvar kunlari NATOning bir guruh xorijiy ekspertlari ishlagan edi. Katta hamkorlar “milliy mudofaa tizimining rivojlanayotganini qayd etishdi va Litvaning mudofaa xarajatlarini YaIMning 2%idan ortiq darajagacha ko‘tarishni” maslahat berishdi. Mudofaa vaziri Arvidas Anushauskas shundan so‘ng quyidagi xulosaga keldi: "Litva o‘z qurolli kuchlarini jiddiy mustahkamladi. Bizning harbiylarimiz NATOning yuiori talablariga javob beradi. Zamonaviy qurol-aslaha sotib olish ularga misli ko‘rilmagan imkoniyatlar berdi”.
Aslida bo‘lsa, Litva shunchaki o‘z o‘quv poligonlarini kengaytirish va rivojlantirishda davomi etmoqda xolos. Maqsad – xorijiy ittifoqchi harbiylar uchun imkon qadar yaxshiroq sharoitlar yaratish. Axir qanday qilib birorta ham tank, kema yoki zarba beruvchi samologan ega bo‘lmagan qurolli kuchlarda “misli ko‘rilmagan imkoniyatlar” paydo bo‘lishi mumkin? Harbiy kuch bo‘yicha jahon reytingida Litva 140 davlat orasida 85 o‘rinni egallagan. NATOning sharqiy flangida 16 ming askarga ega bo‘lgan armiya jiddiy jangovar vazifalarni mustaqil hal qilishga qodir emas. Bunday kuchlar bilan Kaliningradga hujum qilish uchun Litva texnologik imkoniyatga ega emas. Hatto Polsha armiyasi yordam bergan taqdirda ham. Ularning har qanday harakati Rossiya tomonidan dastlabki soatlardayoq qaytariladi. Dushmanning harbiy infratuzilmasi 2008-yilda Gruziyada bo‘lgani kabi havodan turib yo‘q qilinadi. Hech kim yordam bermaydi.
Britaniya va Fransiyaning Estoniyada joylashgan harbiy bo‘linmalari Sankt-Peterburg shahridan bir necha soatlik yo‘l masofasida joylashgan bo‘lsada, real qurolli mojaro sodir bo‘lganda xorijiy askarlardan iborat armiya bo‘linmalari birinchi bo‘lib qochib ketadi. (Baltiya Dunkerki).
Kaliningrad NATO qovurg‘alari orasiga sanchilgan pichoqqa o‘xshaydi. Bu yerda chuqur eshelonlashtirilgan havo mudofaa tizimi, Boltiq dengizi floti (raketali kemalar va suv osti kemalari, dengiz aviatsiyasi va tank polki), kuchli raketa brigadalari va zarba beruvchi aviatsiya polklari hamda armiya korpusi joylashtirilgan.
Amerika Qo‘shma shtatlari va uning ittifoqchilari tomonidan hududda Patriot zenit-raketa tizimi, M1 Abrams tanklari va F-35 “ko‘rinmaslarining” joylashtirilishi Boltiqbo‘yi hududida kuchlar muvozanatini o‘zgartira olmaydi.
Berlin, Stokholm va Xelsinki buni juda yaxshi tushunishadi. Nemislar Rossiya bilan uruishga oshiqayotgani yo‘q va shu sababli Ukrainaga qurol-aslaha yetkazib bermayapti. Shvedlar va finlar esa amerikaliklarning ko‘plab qistov va takliflariga qaramasdan NATOga kirishga shoshilmayapti.
Jang qilishga shay bo‘lgan Varshava ham biroz ikkilanib turibdi, chunki "Rossiya barcha qirg‘oqlar bo‘ylab raketa brigadalari bilan yaxshi himoyalangan”. Uning kema va samolyotlari tezkor va aniq nishonga olish bilan Yevropadagi har qanday raqibni yo‘q qilishi mumkin”
Boltiqbo‘yi hududida NATO o‘zi uchun zarar keltirmagan ravishda faqatgina harbiy o‘quv-mashqlar yoki patrul xizmati o‘tkazishi mumkin, lekin bu ham qilich bilan raqsga tushish kabi xavfli ish bo‘lib qolmoqda. “Rossiya bostirib kirishi” borasida yaratilgan sun’iy vasvasaga qaramasdan Pentagon o‘zining Yevropalik hamkorlaridan AQSh harbiylari sonini oshirish bo‘ycha aniq talabnoma olmadi.
Rossiya hamkorlarni tinchlikka “majbur qiladi”
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov 21-yanvar kuni NATOning xorijiy harbiy kontingenti Bolgariya va Ruminiyani tark etishi kerak dedi. Ushbu aniq ishora to‘la to‘kis Boltiqbo‘yi davlatlariga va alyansga 1996-yildan so‘ng qabul qilingan 9ta davlatga ham tegishlidir. (Vengriya, Polsha, Chexiya, Slovakiya, Sloveniya, Albaniya, Xorvatiya, Chernogoriya, Shimoliy Makedoniya).
Eslatib o‘tamiz, Rossiya sobiq ittifoq davlatlarining suvereniteti va hududlariga da’vo qilayotgani yo‘q. Shunchaki barcha uchun bir teng bo‘lgan xavfsizlik haqida xavotir olmoqda xolos. Der Spiegel yozgan Rossiyaning btun NATO fronti bo‘ylab zarba berish ehtimoli – faqatgina AQSh yoki alyans tomonidan amalga oshirilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki gibrid tajovuzga qarshi amalga oshirili mumkinligini tushunish kerak.
Rossiya Qurolli kuchlarining texnik salohiyati va jangga tayyorlik darajasi front bo‘ylab ham dushman ichkarisiga ham zarba berish imkonini beradi. Masalan, Rossiya harbiy-dengiz floti va harbiy-havo kuchlari Buyuk Britaniya va Irlandiya yaqinidagi nishonlarga raketa zarbasi berish va bomba tashlashni mashq qilishmoqda. Fevral boshida bo‘lib o‘tadigan manyovrlar Kork grafligidan 240 kmg‘arbda bo‘lib o‘tadi.
Ushbu vaziyatda Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu britaniyalik hamkasabasi Ben Uollesni Moskvaga xavfsizlikning dolzarb muammolarini muhokama qilish uchun taklif qildi.
Rossiya yanvar – fevral oylarida Dunyo okeanida yirik masshtabli o‘quv-mashqlar o‘tkazishini e’lon qilgan edi. Unda 140dan ortiq jangovar kemalar va suv osti kemalari ishtirok etishi rejalashtirilgan. “Hamkorlar”ni diplomatik yo‘l bilan ko‘ndirish yoki harbiy yo‘l bilan “majburlash” uchun Rossiyaning qancha imkoniyati borligini hech kim bilmaydi, lekin Kreml beorga gapirmaydi.
Rossiya shartlariga asosan tinchlik shartnomasini imzolash – tushunib yetilgan ehtiyoj, texnologik imkoniyat yoki AQSh va NATOning qarshiligiga qaramasdan belgilangan maqsadga erishishdir. O‘zining harbiy-siyosiy ko‘p maqsadli rejasini Rossiya ittifoqdoshlari yordamida yanada samaraliroq qilmoqda. "Soyuznaya reshimost-2022" qo‘shma o‘quv mashqlari arafasida Belarus hududida ko‘p sonli Rossiya qurolli kuchlari joylashtiriladi. O‘tgan hafta davomida u yerga 33 ta eshelen yetib keldi.
Minsk ham NATO yuragiga sanchilga ikkinchi xanjarga aylanmoqda. Rossiya Belarus hududiga S-400 "Triumf" zenit raketa tizimlari va "Pansir-S"zenit-raketa majmuasi, "Iskander-M"raketa majmuasi hamda 12 ta Su-35S - og‘ir qiruvchi samolyotlari olib keldi.
O‘quv-mashqlari vazifasiga ko‘ra – kuchlar tashqi agressiyani birgalikda qaytarishi kerak. 10-20 fevral kunlari bo‘lib o‘tadigan o‘quv-amaliy harakatlarida Domanovskiy, Obuz-Lesnovskiy, Gojskiy, Brestskiy, Osipovichskiy poligonlari hamda Baranovichi, Machulishi, Lunines va Lida aerodromlari jalb etiladi. Bu Yevropa hududidagi harbiy harakatlar teatrida jipslashgan Ittifoqchi kuchlarining tarqoq NATO jamoasidan mutlaq ustunligi namoyishidir.
Amerika qit’asi yaqinida joylashgan davlatlar bilan o‘zaro harakatlarni mufofiqlashtirish – bu ham yana bir alohida mavzudir. Lekin Rossiyaning Venesueladagi harbiy bazalari va Kuba yaqinida Rossiya atom suv osti kemalarini ko‘rib qolishgani haqidagi ma’lumotlar ham bejiz paydo bo‘lmagan ko‘rinadi.
Umumiy notinchlik va o‘zgarishlar bo‘layotgan vaqtda amerikaliklar Venada xavfsizlik muzokaralarini cho‘zishga va ularning mazmunini almashtirishga harakat qilishmoqda. Shu o‘rinda Atlantico nashri g‘amgin bashorat bilan chiqmoqda: "Amerika boshchiligidagi G‘arb... shubhasiz geosiyosiy suiqasd tomon ketmoqda. Tarixiy va geografiy reallikni tan olmaslik, o‘zgalar manfaatlariga tupurish - faqat ularning o‘ziga qarshi qaytishi mumkin”. Bu so‘zlarga biror qo‘shimcha qilish mushkul.
Venadagi muzokaralarda Rossiya delegatsiyasi rahbari Konstantin Gavrilov 23-yanvar kuni, Rossiya AQSh va NATOning javobini bir umr kutishga rozi emasligini e’lon qildi. Agar G‘arb Moskvaning xavfsizlik kafolatlari borasidagi talablarini rad etsa, Rossiya Yevropada o‘z xavfsizligini boshqa uslublar bilan himoya qiladi. Buning oqibatini “amerikaliklar ham yevropaliklar ham o‘z bo‘ynilarida his qilishadi”.
Biroz oldin rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sergey Rabkov Moskva G‘arbning xavfsizlik kafolatlari borasidagi javobidan hafsalasi pir bo‘lsa, bunga javoban jiddiy siyosiy qarorlar qabul qilishi mumkinligini aytgan edi. Bu shunchaki po‘pisa emas.