Charm-poyabzal mahsulotlari eksportini $1,2 milliardga yetkazish kerak - prezident

© Sputnik / PetruhinObuv sovetskogo proizvodstva nachala 80-x.
Obuv sovetskogo proizvodstva nachala 80-x. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.01.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston charm-poyabzal sohasidagi muammolar prezident huzurida muhokama qilindi va ustuvor vazifalar belgilab berildi.
TOShKENT, 25 yanv - Sputnik. O‘zbekiston charm-poyabzal sanoatini rivojlantirish uchun hali ko‘p imkoniyatlar bor. Xususan ushbu soha mahsulotlari eksportini kelgusi yillarda $1,2 milliardga yetkazish vazifasi qo‘yildi prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida soha vakilllari bilan 24-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan majlisda.
"Bu yil charm-poyabzal mahsulotlari eksportini 500 million dollar, kelgusi 3-yilda 1 milliard 200 million dollarga yetkazish maqsad qilingan", - deyiladi xabarda.
- Bu juda katta marra, - dedi Prezident. - Bu maqsadga erishish uchun bozor ham bor, katta miqdorda xom ashyo ham bor, talabgor ham bor. Faqat buning uchun tadbirkorlarga barcha sharoitlarni yaratib berish kerak.
Ushbu maqsadlarga erishish uchun quyidagilar belgilab olindi:
avval berilgan soliq va bojxona imtiyozlari 2026-yilgacha uzaytirish;
chet ellik mutaxassislarni jalb etish xarajatlarining bir qismini qoplab berish;
xorijiy davlatlarda ulgurji ombor va savdo uylari tashkil qilish;
xorijiy valyutada 3-yilga 4 foizlik kreditlar ajratilish
Undan tashqari, yig‘ilishda charm-poyabzal sohasini respublika ichida rivojlantirish masalalari ham mukammal o‘rganildi.
Ma’lum bo‘lishicha, bugungi kunda O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan charm mahsulotlari hajmida ayollar poyabzali ulushi 23 %, bolalar poyabzali 8 %ni tashkil etadi, xolos.
Shu sababli, charm-poyabzal sohasini ichki bozorini ham rag‘batlantirish masalasi ko‘tarildi va ushbu maqsadda prezident tomonidan quyidagi vazifalar belgilandi:
soliq imtiyozi orqali rag‘batlantirish;
joylarda kadrlarni o‘qitish tizimini yo‘lga qo‘yish;
Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida zamonaviy O‘quv-ishlab chiqarish laboratoriyasi tashkil etish, xorijda mutaxassislar malakasini oshirish, o‘rta bo‘g‘in ishchilarini tayyorlash;
Shu bilan birga O‘zbekiston charm-poyabzal sanoatining so‘nggi yillarda erishgan yutuqlari ham sanab o‘tildi.
Xususan 2017-yilda 760 milliard so‘mlik charm-poyabzal mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 2021-yilda bu ko‘rsatkich 4 trillion 415 milliard so‘mni tashkil etgan. Eksport hajmi 105 million dollardan 421 million dollarga yetgan.
Ya’ni, ishlab chiqarish qariyb 6 barobar, eksport 4 barobar o‘sgan. Tayyor mahsulotlar ulushi ham 32 %dan 78 %ga ko‘paygan.
Yangiliklar lentasi
0