https://oz.sputniknews.uz/20220124/kinematografiya-agentligi-sevimli-manfaatlar-toqnashuvi-22356070.html
Kinematografiya agentligi va “Sevimli” o‘rtasidagi manfaatlar to‘qnashuvi tasdiqlandi
Kinematografiya agentligi va “Sevimli” o‘rtasidagi manfaatlar to‘qnashuvi tasdiqlandi
Sputnik O‘zbekiston
Avvalroq ijtimoiy tarmoqda Kinematografiya agentligi direktori Firdavs Abduxoliqov va “Sevimli” telekanali o‘rtasida manfaatlar to‘qnashuvi bo‘layotgani to‘g‘risida xabar tarqalgan edi.
2022-01-24T19:58+0500
2022-01-24T19:58+0500
2022-01-24T19:58+0500
jamiyat
o‘zbekiston kinematografiya agentligi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1314/02/13140252_0:0:3073:1728_1920x0_80_0_0_a9b202a4323af8bbbc591a82400bcef0.jpg
TOShKENT, 24 yanv — Sputnik. Avvalroq ijtimoiy tarmoqda Kinematografiya agentligi direktori Firdavs Abduxoliqov va “Sevimli” telekanali o‘rtasida manfaatlar to‘qnashuvi bo‘layotgani to‘g‘risida xabar tarqalgan edi.Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘yilganligi holatlari bo‘yicha o‘rganish o‘tkazdi va natijalarini ma’lum qildi.O‘rganish natijalariga ko‘ra, Kinematografiya agentligi tomonidan shartnomalar tuzilishida va davlat subsidiyasi mablag‘larining taqsimlanishida manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘yilgani holatlari aniqlangan.Kinematografiya agentligi direktori Firdavs Abduxoliqov va uning yaqin qarindoshlari benefitsiar bo‘lgan (ta’sischilari: turmush o‘rtog‘i — Firuza Sadridinovna Sharapova — 70%, qizi — Amira Firdavsovna Rashidova — 20% hamda o‘g‘li — Abdullajon Firdavsovich Abduxalikov — 10%) "Master Media Production and Broadcast" MChJ o‘rtasidagi manfaatlar to‘qnashuvi o‘z tasdig‘ini topgan.Xususan, Kinematografiya agentligi direktori va bir vaqtning o‘zida subsidiya mablag‘larini taqsimlash bo‘yicha qarorlar qabul qilish vakolatiga ega Badiiy kengash raisi Firdavs Abduxoliqov manfaatlar to‘qnashuviga ega bo‘lsada, bu holatni bartaraf qilish choralarini ko‘rmasdan, mazkur jamiyat manfaatlarini yoqlab ovoz berishda va qarorlar qabul qilish jarayonida bevosita ishtirok etgan.“Sevimli” telekanalida namoyish etilgan axloqsizlik sahna yuzasidan tekshiruv o‘tkazilmoqdaMasalan, 2021-yilning o‘zida Kinematografiya agentligi tomonidan berilgan davlat buyurtmalari asosida "Sevimli" telekanali ("Master Media Production and Broadcast" MChJ) ishtirokida "Orzular palatasi" va "Tuzoq" seriallari suratga olingan.Jumladan, 2021-yilning 22-fevral kuni Kinematografiya agentligi, "Master Media Production and Broadcast" MChJ hamda "MY-FILMS" MChJ o‘rtasida "Orzular palatasi" milliy serialini suratga olish maqsadida qiymati 3 mlrd so‘mlik shartnoma imzolanib, Kinematografiya agentligi tomonidan 1,5 mlrd so‘m pul mablag‘lari "MY-FILMS" MChJ hisob raqamiga o‘tkazib berilgan."Sevimli" telekanali bosh direktori vazifasidan ozod etildiBundan tashqari, Kinematografiya agentligi hamda "Master Media Production and Broadcast" MChJ o‘rtasida "Tuzoq" milliy serialini suratga olish uchun 2021-yilning 18-may kuni jami qiymati 1,8 mlrd so‘mlik ikki tomonlama shartnoma (dxarid.uz to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma orqali) imzolangan va 1,8 mlrd so‘m pul mablag‘lari jamiyat hisob raqamiga o‘tkazib berilgan.“Shunga ko‘ra, mazkur holatlarda Kinematografiya agentligi bosh direktori F.F.Abduxoliqov yaqin qarindoshlari ta’sischiligidagi MChJning manfaatlarini ko‘zlab, davlat budjetidan juda ko‘p miqdordagi pul mablag‘larining ajratilishiga erishib, qonun buzilishi holatlariga yo‘l qo‘ygan”, - deyilgan xabarda.To‘plangan hujjatlar qonuniy chora ko‘rish uchun Bosh prokuraturaga yuborilgan.Saida Mirziyoyeva “Sevimli”dagi axloqsiz serialni tanqid qildi
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1314/02/13140252_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_3389b84ab5eb2948c473f8f64d59ab4b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
kinematografiya agentligi sevimli telekanali manfaatlar to‘qnashuvi tekshiruv
kinematografiya agentligi sevimli telekanali manfaatlar to‘qnashuvi tekshiruv
Kinematografiya agentligi va “Sevimli” o‘rtasidagi manfaatlar to‘qnashuvi tasdiqlandi
Kinematografiya agentligi agentlik direktori Firdavs Abduxoliqovning qarindoshlariga tegishli korxona bilan shartnomalar tuzishda va davlat subsidiyasi mablag‘larining taqsimlashda manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ygani tasdiqlandi.
TOShKENT, 24 yanv — Sputnik. Avvalroq ijtimoiy tarmoqda Kinematografiya agentligi direktori Firdavs Abduxoliqov va “Sevimli” telekanali o‘rtasida manfaatlar to‘qnashuvi bo‘layotgani to‘g‘risida xabar tarqalgan edi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘yilganligi holatlari bo‘yicha o‘rganish o‘tkazdi va natijalarini ma’lum qildi.
O‘rganish natijalariga ko‘ra, Kinematografiya agentligi tomonidan shartnomalar tuzilishida va davlat subsidiyasi mablag‘larining taqsimlanishida manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘yilgani holatlari aniqlangan.
Kinematografiya agentligi direktori Firdavs Abduxoliqov va uning yaqin qarindoshlari benefitsiar bo‘lgan (ta’sischilari: turmush o‘rtog‘i — Firuza Sadridinovna Sharapova — 70%, qizi — Amira Firdavsovna Rashidova — 20% hamda o‘g‘li — Abdullajon Firdavsovich Abduxalikov — 10%) "Master Media Production and Broadcast" MChJ o‘rtasidagi manfaatlar to‘qnashuvi o‘z tasdig‘ini topgan.
Xususan, Kinematografiya agentligi direktori va bir vaqtning o‘zida subsidiya mablag‘larini taqsimlash bo‘yicha qarorlar qabul qilish vakolatiga ega Badiiy kengash raisi Firdavs Abduxoliqov manfaatlar to‘qnashuviga ega bo‘lsada, bu holatni bartaraf qilish choralarini ko‘rmasdan, mazkur jamiyat manfaatlarini yoqlab ovoz berishda va qarorlar qabul qilish jarayonida bevosita ishtirok etgan.
Masalan, 2021-yilning o‘zida Kinematografiya agentligi tomonidan berilgan davlat buyurtmalari asosida "Sevimli" telekanali ("Master Media Production and Broadcast" MChJ) ishtirokida "Orzular palatasi" va "Tuzoq" seriallari suratga olingan.
Jumladan, 2021-yilning 22-fevral kuni Kinematografiya agentligi, "Master Media Production and Broadcast" MChJ hamda "MY-FILMS" MChJ o‘rtasida "Orzular palatasi" milliy serialini suratga olish maqsadida qiymati 3 mlrd so‘mlik shartnoma imzolanib, Kinematografiya agentligi tomonidan 1,5 mlrd so‘m pul mablag‘lari "MY-FILMS" MChJ hisob raqamiga o‘tkazib berilgan.
Bundan tashqari, Kinematografiya agentligi hamda "Master Media Production and Broadcast" MChJ o‘rtasida "Tuzoq" milliy serialini suratga olish uchun 2021-yilning 18-may kuni jami qiymati 1,8 mlrd so‘mlik ikki tomonlama shartnoma (dxarid.uz to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma orqali) imzolangan va 1,8 mlrd so‘m pul mablag‘lari jamiyat hisob raqamiga o‘tkazib berilgan.
“Shunga ko‘ra, mazkur holatlarda Kinematografiya agentligi bosh direktori F.F.Abduxoliqov yaqin qarindoshlari ta’sischiligidagi MChJning manfaatlarini ko‘zlab, davlat budjetidan juda ko‘p miqdordagi pul mablag‘larining ajratilishiga erishib, qonun buzilishi holatlariga yo‘l qo‘ygan”, - deyilgan
xabarda.To‘plangan hujjatlar qonuniy chora ko‘rish uchun Bosh prokuraturaga yuborilgan.