Trendda O‘zbekiston. Rossiyalik mashhurlar o‘zbek madaniyatini qanday targ‘ib qilmoqda - foto

© SputnikYuriy Stoyanov
Yuriy Stoyanov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.01.2022
Obuna bo‘lish
Bu mashhur insonlar o‘zbek milliy kiyimlarini sevib kiyishadi, palov pishirishadi, O‘zbekistonga bajonidil dam olish uchun tashrif buyurishadi va asosiysi, O‘zbekistonga bo‘lgan muhabbatlarini ommaga oshkor qilishdan charchashmaydi.
Buni ularning intervyulari hamda ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy sahifalaridagi e’lonlaridan bilish mumkin.
Sputnikning bu galgi qahramonlari o‘zbek madaniyatini keng targ‘ib qiladigan rossiyalik mashhur artistlar va sportchilar. Ularning ba’zilari hatto ijodida ham o‘zbekcha motivlardan foydalanadi.
Yuriy Stoyanov
© SputnikYuriy Stoyanov
Yuriy Stoyanov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.01.2022
Yuriy Stoyanov
Rossiyada o‘zbek madaniyatini targ‘ib qiladigan san’atkorlar haqida so‘z ketganda, avvalo Rossiya Federatsiyasi Xalq artisti, teatr va kino akteri Yuriy Stoyanov xayolga keladi.
Artist: “Men O‘zbekiston nomli mamlakatni sevuvchi rus akteriman” deya bir necha bor ta’kidlagan.
O‘zbekistonga muhabbat akterga onasidan o‘tgan. Uning onasi Ikkinchi jahon urushi vaqtida Toshkentga evakuatsiya qilingan.

“Onamni yettida farzandi bor o‘zbek o‘qituvchisi asrab olgan. 1943-yili onam maktabga boradigan vaqti o‘sha o‘qituvchi dasturxondan onamga sumka qilib bergan. Uning ayoli esa uydagi yagona pardadan onamga maktab kiyimi tikib bergan”, deya xotirlaydi aktor.

Akterning so‘zlariga ko‘ra, onasi unga o‘zbek halqining mehr-oqibati haqida ko‘p so‘zlab bergan. Shu sababli akter O‘zbekistonga kelishni yoqtiradi. Artist 2019-yilda Rossiyada O‘zbekistonning turizm bo‘yicha elchisi bo‘lgan. 2020-yili akter “Marlen” serialida bosh rolni ijro etdi. Uning partneri esa O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Saydulla Moldaxanov bo‘lgan.
Mitya Fomin
© Instagram / mf_agentMitya Fomin v Buxare
Mitya Fomin v Buxare - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.01.2022
Mitya Fomin v Buxare
Mashhur rossiyalik xonanda, HI-FI guruhi sobiq qo‘shiqchisi Mitya Fomin o‘tgan yili o‘z Instagam sahifasida “Ajoyib qiz” qo‘shig‘iga O‘zbekistonda klip suratga olayotgani jarayonlaridan postlar qo‘ygan edi.
Fomin Buxoro bo‘ylab qilgan fotosessiyasini sahifasida e’lon qilgan. Ajablanarlisi, xonanda sport-shik stilidagi kiyimlarini o‘zbekcha futbolkalar bilan uyg‘unlashtira olgan.
Darvoqe, bir necha kun avval klip premyerasi bo‘lib o‘tdi, unda suratga tushgan artistlar ham milliylik va zamonaviylik uyg‘unlashtirilgan liboslarda bo‘lgan. Bundan tashqari, klip suratga olishda xonanda mahalliy ijodkorlar bilan hamkorlik qilgan.
Yorqin klipdan tashqari, artist O‘zbekistondan qo‘lda tikilgan qimmatbaho chopon ham olib kelgan.

DONI

© instagram / doni.blackstarDostonbek Islamov
Dostonbek Islamov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.01.2022
Dostonbek Islamov
Asli ismi Dostonbek Islomov bo‘lgan rossiyalik reper DONIO‘zbekistonda tug‘ilib o‘sgan. Hozirgi vaqtda u Moskvada yashaydi va o‘zbek milliy taomlarini keng targ‘ib qiladi. Aytishlaricha, xonanda milliy taomlarni tayyorlashni yaxshi ko‘radi, shu sabab bir necha yil avval shaxsiy restoranini ochgan. Yaqinda reper o‘zbek oshxonasiga bag‘ishlangan klip ham suratga oldi. Klipda, shuningdek, mashhur artistlar-Timati va MOT ham suratga tushgan.

Frol Burimskiy

© Iz lichnogo arxiva Frola BurimskogoFrol Burimskiy v Xive
Frol Burimskiy v Xive - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.01.2022
Frol Burimskiy v Xive
Mashhur rossiyalik dizayner Toshkentga bundan besh yil oldin kelgan. Sputnik ga bergan intersyusida dizayner doimo shu shaharga kelishni xohlaganini aytgan edi.
“Bir marta kelib shu shaharga mehrim tushgan, ayniqsa odamlariga. Toshkent nihoyatda mehmondo‘st, serquyosh, qadimiy va o‘ziga xos shahar” deya ta’kidlaydi u.
Kiyim dizaynlarini yaratishda u o‘zbekcha motivlardan ham foydalanib turadi. Moskvadagi yosh o‘zbek rassomlarini qo‘llab-quvvatlaydi, o‘tgan yili esa O‘zbekistonda mahallalarni asrash loyihasida faollik ko‘rsatgan.
“Mahalla nafaqat necha ming yillik o‘zbek tarixining bir bo‘lagi, balki hozirgi kunda ham shahardagi real hayotning muhim aspektlaridan biri”, deydi dizayner.

Andris Liyepa

© Foto : Iz lichnogo arxiva Nadiri XamrayevoyArtist baleta Andris Liyepa v Tashkente
Artist baleta Andris Liyepa v Tashkente  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.01.2022
Artist baleta Andris Liyepa v Tashkente
Rossiya Xalq artisti, teatr rejisseri va produser Andris Liyepa bir necha yillardan buyon Alisher Navoiy nomidagi Davlat Akademik Katta Teatri truppasiga rahbarlik qilib keladi. Toshkentdagi hayoti haqidagi suratlarni artist Instagam sahifasiga tez-tez joylab turadi.
“Men Toshkentni juda yaxshi ko‘raman. Bu yerning odamlari hayratlantiradigan darajada mehmondo‘st. Hattoki ba’zida shu darajada iliq, samimiy kutib olishadiki, xijolat bo‘laman. Bu yerda eng asosiysi sizga taklif qilishayotgan taomlardan to‘yib bo‘kib qolmaslik” degan ediu Sputnik O‘zbekiston muxbiriga bergan intervyusida.

Ilya Averbux va Yelizaveta Arzamasova

Rossiyalik teatr va kino aktrisasi Yelizaveta Arzamasova va uning turmush o‘rtog‘i figurist Ilya Averbux bu yilgi Yangi yil ta’tilini O‘zbekistonda o‘tkazishdi. Toshkent va “Amirsoy” tog‘ chang‘isi kurortiga qilgan safari suratlarini ijtimoiy tarmoqlarga joylashdi.
“Toshkent va Amirsoyga qilgan sayohatlarimiz eng yaxshi taassurotlar uchun yetarli bo‘ldi”, deydi aktrisa Sputnik muxbiriga bergan intervyusida.
Aktrisa turmush o‘rtog‘i bilan o‘zbek milliy do‘ppisini kiyib tushgan suratiga: “Menimcha, bizga yarashdi. Bugun Toshkent bo‘ylab aylandik. Bu shahar odamlari shunaqangi mehribon va ta’sirchanki. Yaxshiliklar tilayman” deya izoh yozib qoldirgan.
Yangiliklar lentasi
0