https://oz.sputniknews.uz/20220120/otmga-kirish-majburiy-imtihon-22304559.html
OTMga kirish uchun chet tilidan ham majburiy imtihon topshiriladi
OTMga kirish uchun chet tilidan ham majburiy imtihon topshiriladi
Sputnik O‘zbekiston
2024/2025 o‘quv yilidan oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari uchun belgilangan majburiy fanlar majmuasiga chet tili fani bosqichma-bosqich kiritiladi.
2022-01-20T22:03+0500
2022-01-20T22:03+0500
2022-01-20T22:03+0500
jamiyat
imtihon
otm
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/08/09/20003006_0:199:3072:1927_1920x0_80_0_0_62e0831a891c9a89d109e1d661110cd8.jpg
TOShKENT, 20 yanv — Sputnik. 2024/2025 o‘quv yilidan oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari uchun belgilangan majburiy fanlar majmuasiga chet tili fanibosqichma-bosqich kiritiladi. Bu qabul qilingan “Xorijiy tillarni o‘rganishni takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Hukumat qarorida belgilangan.2022/2023 o‘quv yili qabulidan xorijiy tillar bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlashga ixtisoslashgan bir qator OTMlarga kirish imtihonlarida chet tili fanidan tinglab tushunish, o‘qish, yozish hamda gapirish kompetensiyalarini aniqlash va baholashga qaratilgan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkazish yo‘lga qo‘yiladi.Jumladan, fanlar majmuasiga chet tili birinchi fan sifatida kiritilgan quyidagi OTMlarning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga:quyidagi OTMlarning xorijiy tillar bo‘yicha pedagoglarni tayyorlovchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga:Chet tili fanidan kasbiy (ijodiy) imtihon Davlat test markazi tomonidan amalga oshiriladi.2022 yil 1-fevraldan S1 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro tan olingan sertifikatga ega rus tili fani o‘qituvchilariga sertifikat olingan kundan boshlab 2-yil davomida ustama to‘lanadi.Qarorga ko‘ra, Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligining budjetdan tashqari jamg‘armasiga bir martalik 15 mlrd so‘m miqdorida mablag‘ ajratiladi.Texnikum bitiruvchilarini OTMga suhbat asosida o‘qishga qabul qilish tartibi tasdiqlandi2022 yil 1-martdan chet tili fani o‘qituvchilarining tinglab tushunish, o‘qish, yozish hamda gapirish kompetensiyalarini rivojlantirishga hamda sertifikatga ega bo‘lishga yo‘naltirilgan o‘quv kurslari tashkil etiladi.2022/2023 o‘quv yilidan maktablar uchun zamonaviy til o‘rgatish metodikalari asosida ishlab chiqilgan chet tili darsliklari chop etiladi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/08/09/20003006_85:542:2093:2048_1920x0_80_0_0_d88747ca7cc6de3acecc45f7d964d56d.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
otmga kirish imtihonlari majburiy fanlar chet tili otmga kirish tartibi otmga kirish ballari kirish uchun imtiyozlar otmga kirish imtihonlari majburiy fanlar chet tili otmga kirish tartibi otmga kirish ballari kirish uchun imtiyozlar
otmga kirish imtihonlari majburiy fanlar chet tili otmga kirish tartibi otmga kirish ballari kirish uchun imtiyozlar otmga kirish imtihonlari majburiy fanlar chet tili otmga kirish tartibi otmga kirish ballari kirish uchun imtiyozlar
OTMga kirish uchun chet tilidan ham majburiy imtihon topshiriladi
2022/2023 o‘quv yili qabulidan bir qator OTMlarga kirish imtihonlarida chet tili kasbiy imtihon o‘tkazish yo‘lga qo‘yiladi.
TOShKENT, 20 yanv — Sputnik. 2024/2025 o‘quv yilidan oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari uchun belgilangan majburiy fanlar majmuasiga chet tili fanibosqichma-bosqich kiritiladi. Bu qabul qilingan “Xorijiy tillarni o‘rganishni takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Hukumat qarorida belgilangan.
2022/2023 o‘quv yili qabulidan xorijiy tillar bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlashga ixtisoslashgan bir qator OTMlarga kirish imtihonlarida chet tili fanidan tinglab tushunish, o‘qish, yozish hamda gapirish kompetensiyalarini aniqlash va baholashga qaratilgan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkazish yo‘lga qo‘yiladi.
Jumladan, fanlar majmuasiga chet tili birinchi fan sifatida kiritilgan quyidagi OTMlarning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga:
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti;
Samarqand davlat chet tillar instituti;
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
quyidagi OTMlarning xorijiy tillar bo‘yicha pedagoglarni tayyorlovchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga:
Toshkent davlat pedagogika universiteti;
Qo‘qon davlat pedagogika instituti;
Nukus davlat pedagogika instituti.
Chet tili fanidan kasbiy (ijodiy) imtihon Davlat test markazi tomonidan amalga oshiriladi.
2024/2025 o‘quv yilidan OTMga kirish imtihonlari uchun belgilangan majburiy fanlar majmuasiga chet tili fani bosqichma-bosqich
kiritiladi.2022 yil 1-fevraldan S1 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro tan olingan sertifikatga ega rus tili fani o‘qituvchilariga sertifikat olingan kundan boshlab 2-yil davomida ustama to‘lanadi.
Qarorga ko‘ra, Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligining budjetdan tashqari jamg‘armasiga bir martalik 15 mlrd so‘m miqdorida mablag‘ ajratiladi.
2022 yil 1-martdan chet tili fani o‘qituvchilarining tinglab tushunish, o‘qish, yozish hamda gapirish kompetensiyalarini rivojlantirishga hamda sertifikatga ega bo‘lishga yo‘naltirilgan o‘quv kurslari tashkil etiladi.
2022/2023 o‘quv yilidan maktablar uchun zamonaviy til o‘rgatish metodikalari asosida ishlab chiqilgan chet tili darsliklari chop etiladi.