Onishenko may oyida pandemiya tugashini bashorat qildi

© Sputnik / Grigoriy Sisoyev / Mediabankka o‘tishGennadiy Onishenko, arxivnoe foto
Gennadiy Onishenko, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.01.2022
Obuna bo‘lish
"Omikron" oxirgi shtamm bo‘lishi mumkin va may oyida hammasi tugaydi - Onishenko.
Koronavirus pandemiyasi, agar odamlar emlanishsa, bir necha oy ichida tugashi mumkin, dedi Rossiya Ta’lim akademiyasi (RAO) prezidenti o‘rinbosari, Rossiya Fanlar akademiyasi akademigi, tibbiyot fanlari doktori Gennadiy Onishenko.
Jurnalistlar “omikron” pandemiyaning yakuniy shtammi bo‘lishi mumkinmi, degan savol berishdi.

"Albatta... “Omikron" yakuniy shtamm bo‘lishi mumkin va hammasini may oyida yakunlash mumkin, emlaning”, - dedi rossiyalik akademik Gennadiy Onishenko.

Emlash koronavirusdan himoyalanishning eng ishonchli usuli bo‘lib qolmoqda. Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbari Mixail Murashkoning so‘zlariga ko‘ra, COVID-19 bilan og‘ir kasal bo‘lganlar ulushi 0,03 foizdan kam, kasalxonalardagi bemorlarning aksariyati - emlanmagan kishilar.
Yangiliklar lentasi
0