https://oz.sputniknews.uz/20220120/galaba-qozonsak-bu-mojiza-boladi-tog-changichi-komiljon-toxtaev-olimpiada-2022-haqida-22296441.html
“G‘alaba qozonsak, bu mo‘’jiza bo‘ladi”: tog‘ chang‘ichi Komiljon To‘xtayev Olimpiada-2022 haqida
“G‘alaba qozonsak, bu mo‘’jiza bo‘ladi”: tog‘ chang‘ichi Komiljon To‘xtayev Olimpiada-2022 haqida
Sputnik O‘zbekiston
Pekin-2022 qishki Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston sharafini yagona sportchi – tog‘ chang‘ichi Komiljon To‘xtayev himoya qiladi. U musobaqalardan kutayotgani natijalarini Sputnik nashriga bergan eksklyuziv intervyusida so‘zlab berdi.
2022-01-20T13:44+0500
2022-01-20T13:44+0500
2022-02-01T15:45+0500
olimpiya o‘yinlari
pekin-2022: qishki olimpiada kundaligi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/01/15/22308852_0:58:1280:778_1920x0_80_0_0_96786d03f16a75a6901f65467c5cea30.jpg
TOShKENT, 20 yanv — Sputnik. Pekinda qishki Olimpiada o‘yinlari 4-fevral kuni boshlanadi. Unda O‘zbekiston sharafini 24 yoshli tog‘ chang‘ichi Komiljon To‘xtayev himoya qiladi. Hozir sportchi o‘zining ikkinchi Olimpiadasiga Italiyada tayyorgarlik ko‘rmoqda. U “slalom” va “gigant slalom” yo‘nalishlarida o‘z kuchini sinab ko‘radi.To‘xtayev musobaqalarga tayyorgarlik ko‘rish jarayonlari haqida Sputnik muxbiriga so‘zlab berdi.Komiljon Olimpiya o‘yinlarida bir o‘zi qatnashishi juda mayusligi ekanini tan oladi, chunki har tomonlama qo‘llab, kuch bag‘ishlab turadigan jamoa kayfiyati bo‘lmaydi.O‘zbekistonlik tog‘ chang‘ichisi qishki Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi“Albatta bizda, terma jamoa sportchilari orasida, yaxshi raqiblik hissi bor, lekin u, hoynahoy, boshqa mamlakatlardan bo‘lgan hamkasblarimizga qaratilgan. Axir biz ko‘proq bir-birimizni qo‘llab-quvvatlaymiz, va bu g‘alaba yordam ko‘rsatmay qolmaydi”, - deydi sportchi Olimpiadagi yolg‘iz ishtiroki haqida gapirayotib.Sportchining so‘zlariga ko‘ra, bu holatda g‘alabaga bo‘lgan imkoniyatlar juda kam. Biroq Komiljon munosib ravishda chiqish qilish uchun barcha sa’y-harakatlarini ishga soladi. Chunki sportning qishki turlari bo‘yicha yetakchi mamlakatlarning eng yaxshi sportchilari bilan bellashish – juda qiyin vazifa.To‘xtayev mana to‘rt oydirki Yevropada shug‘ullanmoqda.To‘xtayev uchun bu ikkinchi Olimpiada. Janubiy Koreyaning Pxonchxan shahrida oldingi qishki Olimpiya o‘yinlarida o‘zbekistonlik tog‘ chang‘ichi marraga yetib bora olmagan.Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatdagi sportchilar orasidagi raqobat uchun barcha shart-sharoitlarni muhayyo qilish zarur. Qishki sport turlarini rivojlantirish uchun infratuzilmalar kerak.Pekin qishki Olimpiadasida O‘zbekiston ham ishtirok etishni rejalashtirmoqda“Mamlakatimizda raqobat bo‘lgan vaqtda, bizning boshqa mamlakatlar bilan raqobatlashishimiz osonroq bo‘ladi”, - deya xulosa qildi Komiljon To‘xtayev.Komiljon To‘xtayev 1997-yil 30-oktabrda Toshkent viloyati Yangiobod shahrida tug‘ilgan. Qator xalqaro musobaqalarda qatnashgan: 2015-yilda Biver-Krik (AQSh), 2017-yilda v Sankt-Morisdagi (Shveysariya) jahon chempionatida qatnashgan.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/01/15/22308852_0:0:1280:960_1920x0_80_0_0_28d18ef048ab60c14ac071819559de46.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
komiljon to‘xtayev tog‘ chang‘ichi pekin-2022 qishki olimpiya o‘yinlari intervyu
komiljon to‘xtayev tog‘ chang‘ichi pekin-2022 qishki olimpiya o‘yinlari intervyu
“G‘alaba qozonsak, bu mo‘’jiza bo‘ladi”: tog‘ chang‘ichi Komiljon To‘xtayev Olimpiada-2022 haqida
13:44 20.01.2022 (yangilandi: 15:45 01.02.2022) Eksklyuziv
Pekin-2022 qishki Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston sharafini yagona sportchi – tog‘ chang‘ichi Komiljon To‘xtayev himoya qiladi. U musobaqalardan kutayotgan natijalarini Sputnik nashriga bergan eksklyuziv intervyusida so‘zlab berdi.
TOShKENT, 20 yanv — Sputnik. Pekinda qishki Olimpiada o‘yinlari 4-fevral kuni boshlanadi. Unda O‘zbekiston sharafini 24 yoshli tog‘ chang‘ichi Komiljon To‘xtayev himoya qiladi. Hozir sportchi o‘zining ikkinchi Olimpiadasiga Italiyada tayyorgarlik ko‘rmoqda. U “slalom” va “gigant slalom” yo‘nalishlarida o‘z kuchini sinab ko‘radi.
To‘xtayev musobaqalarga tayyorgarlik ko‘rish jarayonlari haqida Sputnik muxbiriga so‘zlab berdi.
Komiljon Olimpiya o‘yinlarida bir o‘zi qatnashishi juda mayusligi ekanini tan oladi, chunki har tomonlama qo‘llab, kuch bag‘ishlab turadigan jamoa kayfiyati bo‘lmaydi.
“Albatta bizda, terma jamoa sportchilari orasida, yaxshi raqiblik hissi bor, lekin u, hoynahoy, boshqa mamlakatlardan bo‘lgan hamkasblarimizga qaratilgan. Axir biz ko‘proq bir-birimizni qo‘llab-quvvatlaymiz, va bu g‘alaba yordam ko‘rsatmay qolmaydi”, - deydi sportchi Olimpiadagi yolg‘iz ishtiroki haqida gapirayotib.
Sportchining so‘zlariga ko‘ra, bu holatda g‘alabaga bo‘lgan imkoniyatlar juda kam. Biroq Komiljon munosib ravishda chiqish qilish uchun barcha sa’y-harakatlarini ishga soladi. Chunki sportning qishki turlari bo‘yicha yetakchi mamlakatlarning eng yaxshi sportchilari bilan bellashish – juda qiyin vazifa.
To‘xtayev mana to‘rt oydirki Yevropada shug‘ullanmoqda.
“Bu, albatta, g‘alaba qozonish uchun yetarli emas, - deydi sportchi. – Olimpiada o‘yinlaridagi vazifa barcha Osiyo mamlakatlarini ortda qoldirishdan iborat. Agar g‘alaba qozonsak, bu mo‘’jiza bo‘ladi, chunki imkoniyatlar kam”.
To‘xtayev uchun bu ikkinchi Olimpiada. Janubiy Koreyaning Pxonchxan shahrida oldingi qishki Olimpiya o‘yinlarida o‘zbekistonlik tog‘ chang‘ichi marraga yetib bora olmagan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatdagi sportchilar orasidagi raqobat uchun barcha shart-sharoitlarni muhayyo qilish zarur. Qishki sport turlarini rivojlantirish uchun infratuzilmalar kerak.
“Mamlakatimizda raqobat bo‘lgan vaqtda, bizning boshqa mamlakatlar bilan raqobatlashishimiz osonroq bo‘ladi”, - deya xulosa qildi Komiljon To‘xtayev.
Komiljon To‘xtayev 1997-yil 30-oktabrda Toshkent viloyati Yangiobod shahrida tug‘ilgan. Qator xalqaro musobaqalarda qatnashgan: 2015-yilda Biver-Krik (AQSh), 2017-yilda v Sankt-Morisdagi (Shveysariya) jahon chempionatida qatnashgan.