“Sevimli” telekanalida namoyish etilgan axloqsizlik sahna yuzasidan tekshiruv o‘tkazilmoqda

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Mediabankka o‘tishPult ot televizora v rukax devushki.
Pult ot televizora v rukax devushki.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.01.2022
Obuna bo‘lish
Efirga uzatilgan behayo va zo‘ravonlik aks etgan serial lavhasi jamoatchilik e’tiroziga sabab bo‘lgan.
TOShKENT, 19 yanv — Sputnik. "Sevimli" telekanali orqali milliy serial namoyish etish chog‘ida axloqsizlik sahnalari mavjudligi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda. Bu haqda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi xabar qildi.
Ta’kidlanishicha, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan materiallar jamoatchilik e’tiroziga sabab bo‘lgan. Holat yuzasidan tekshiruv ishlari agentlik tomonidan nazoratga olinib, ekspertiza tayinlangan.
“Ekspertiza natijalari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi”, — deyiladi xabarda.
Qayd etish joizki, bunday holat "Sevimli” telekanali bilan birinchi marta sodir bo‘layotgani yo‘q. 2018-yilda ham kanal pornografik sahnalari mavjud filmini efirga uzatgani uchun ogohlantirilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0