Dariga Nazarboyeva maosh to‘lanmaydigan ta’tilga chiqdi

© Sputnik/Vladislav VodnevDariga Nazarbayeva
Dariga Nazarbayeva - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.01.2022
Obuna bo‘lish
Dariga Nazarboyeva shu oy oxiriga qadar maosh to‘lanmaydigan ta’tilda bo‘ladi.
Dariga Nazarboyeva shu oy oxiriga qadar maosh to‘lanmaydigan ta’tilga chiqqani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Sputnik Qozog‘iston xabar qildi.
"Dariga Nazarboyeva koronavirus infeksiyasidan keyin reabilitatsiya tufayli yanvar oyi oxirigacha maosh to‘lanmaydigan ta’tilda bo‘ladi”, - dedi deputat Nazarboyevaning yordamchisi Sputnik Qozog‘iston muxbiriga.
O‘tgan haftada Qozog‘iston birinchi prezidentining to‘ng‘ich qizi - deputat Dariga Nazarboyeva kasalligi tufayli parlament yalpi majlisida qatnashmagani haqida xabar qilingandi.
Dariga Nazarboyeva birinchi marta parlament yalpi majlislarini o‘tkazib yubormayapti. U 11-yanvar kuni prezident yangi bosh vazir ismini e’lon qilgan parlament majlisida (onlayn) qatnashmadi.
5 yanvar kuni ham parlament yig‘ilishida ham ko‘rinish bermadi.
Nazarboyeva yettinchi chaqiriq Majilisda Iqtisodiy islohotlar va mintaqaviy rivojlanish qo‘mitasi a’zosi lavozimida ishlaydi.
Qo‘mita rahbari Albert Rau Sputnik Qozog‘iston muxbiri bilan suhbatda Dariga Nazarboyeva mehnat intizomini buzmasligi va faqat uzrli sabablarga ko‘ra ishda emasligini ma’lum qilgandi.
Yangiliklar lentasi
0