O‘zbekistonlik MMA jangchisi raqibini 21 soniyadayoq “yer tishlatdi” - video

© UFC Fightpass / TwitterRing pered nachalom boya UFC
Ring pered nachalom boya UFC - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.01.2022
Obuna bo‘lish
Yakkakurashchi Anvar Boynazarov MMA’dagi 3-jangida amerikalik raqibi ustidan g‘alaba qozondi.
TOShKENT, 16 yanv — Sputnik. AQShning Dallas shahrida Legacy Fighting Alliance (LFA) 121 musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Unda Anvar Boynazarov amerikalik raqibi Jon Femni bir necha soniya ichida nokautga uchratdi.
Boynazarov jangni qator kuchli zarbalar bilan boshladi va raqibini 21-soniyadayoq nokaut holatiga tushirdi. Shu tariqa Boynazarov MMA’dagi uchinchi jangini muddatidan oldingi g‘alaba bilan yakunladi.
O‘zbekistonlik yakkakurashchi Anvar Boynazarov bunga qadar yana ikki amerikalik raqiblari ustidan g‘alaba qozongan.
Anvar Boynazarov 1989-yilning 10-yanvar kuni Samarqandning Jomboy tumanida tug‘ilgan. 12 yoshidan boshlab taekvondo bilan shug‘ullangan. U professional faoliyatini rivojlantirish uchun 2008-yil Tailand poytaxti Bangkokka jo‘nab ketgan. "The Uzbek" laqabi bilan mashhur bo‘lgan Boynazarov muaytay bo‘yicha avvaliga havaskorlar o‘rtasida Jahon chempioni bo‘ldi, 2011-yilda esa WMF yo‘nalishi bo‘yicha Jahon chempioni bo‘ldi. Faoliyatining ma’lum qismida 5-yil ichida 111 ta jangda ishtirok etib, o‘ziga xos rekord o‘rnatgan.
Yangiliklar lentasi
0