Moskvada aniqlanayotgan kasallik holatlarning yarmi "omikron"ga chalingan - Sobanin

© Sputnik / Viktoriya Viatris / Mediabankka o‘tishSotrudniki skoroy pomoshi, illyustrativnoe foto
Sotrudniki skoroy pomoshi, illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.01.2022
Obuna bo‘lish
Moskvada omikron juda tez tarqalmoqda. 20-dekabrdan bugungi qadar 729ta holat aniqlangan.
TOShKENT, 14 yanv — Sputnik. Moskvada yangi aniqlanayotgan koronavirus holatlarining yarmi - omikron shtammiga to‘g‘ri kelmoqda, dedi shahar meri Sergey Sobanin.
"Vaziyat kun sayin og‘irlashib bormoqda. Aniqlanayotgan yangi holatlar orasida "omikron" ko‘payib bormoqda. Bugungi kunda Moskvada aniqlanayotgan kasallik holatlarning yarmi - "omikron"ga to‘g‘ri kelmoqda", - dedi Sobyanin
Mer aytishiga ko‘ra, ushbu shtammning moskvda tarqalishi tez oshib bormoqda. 20-dekabrdan buyon 729ta holat aniqlangan.
Eslatib o‘tamiz, koronavirusning Omikron-shtammi ilk bor Bostvana va Janubiy Afrika Respublikasida noyabr oyining boshida aniqlangan edi. Dekabrga kelib ushbu virus dunyoning 110 ta mamlakati hududida tarqalishga ulgurdi. Mutaxassislar fikriga ko‘ra, ushbu shtamm insoniyat tarixida eng tez tarqaluvchi virusga aylangan.
Rossiyalik mutaxassislar fikriga ko‘ru, vaksina koronavirusning har qanday shtammidan to‘liq himoya qiladi yoki kasallikning yengil kechishini ta’minlaydi.
Yangiliklar lentasi
0