Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istondagi voqealarga munosabat bildirdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.01.2022
Obuna bo‘lish
Prezident: so‘nggi kunlarda biz uchun yaqin qo‘shni va qardosh bo‘lgan Qozog‘istonda sodir bo‘lgan voqealar hammamizni jiddiy tashvishga soldi.
TOShKENT, 13 yanv — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev ayni paytda davom etayotgan Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida Qozog‘istondagi voqealarga munosabat bildirdi.

“So‘nggi kunlarda biz uchun yaqin qo‘shni va qardosh bo‘lgan Qozog‘iston Respublikasida sodir bo‘lgan voqealar hammamizni jiddiy tashvishga soldi. Biz ming yillar davomida qozoq xalqi bilan yaqin qo‘shni bo‘lib, birgalikda yonma-yon yashab kelganmiz. Bizni umumiy tarix, urf-odat va madaniyat bog‘lab turadi. Kelajagimiz ham o‘zaro chambarchas bog‘liqdir”, - dedi prezident.

Mirziyoyev shu kunlarda u qozog‘istonlik hamkasbi Qasim-Jomart Toqayev bilan bir necha bor telefon orqali muloqot qilgani va O‘zbekiston xalqi nomidan butun Qozog‘iston eli va rahbariga barqarorlik hamda farovonlikni ta’minlash borasidagi barcha sa’y-harakatlarini qat’iy qo‘llab-quvvatlashini bildirganini ta’kidlagan.
O‘zbekiston yetakchisi ushbu voqealarda qurbon bo‘lganlarning oila a’zolari va barcha yaqinlariga yana bir bor chuqur ta’ziya va hamdardlik izhor qilgan. Jabrlangan insonlar ham tez orada sog‘ayib ketishini tiladi.
“Yaratganga shukrki, qo‘shni mamlakatdagi vaziyat asta-sekin o‘z iziga tushib bormoqda, davlat tuzilmalari va ijtimoiy muassasalar o‘z faoliyatini qayta tiklamoqda, odamlar osoyishta hayotga qaytmoqda. O‘z o‘tmishida ko‘plab murakkab sinovlarni boshidan kechirgan donishmand qozoq xalqi bu og‘ir kunlarni ham tez orada mardona yengib o‘tishiga hamda yanada yakdil va hamjihat bo‘lishiga ishonaman”,- deya xulosa qildi Mirziyoyev.
Olmaotadan xohlovchilar O‘zbekistonga qaytariladi
Avvalroq Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali Qozog‘istonda ro‘y bergan voqealar nuqtayi nazaridan Markaziy Osiyodagi vaziyatni muhakama qilgani xabar qilingan edi.

Qozog‘istondagi tartibsizliklar

2022 yil 2-yanvar kuni Qozog‘istonning Mang‘istau viloyatida suyultirilgan gazning narxi oshishi norozilik namoyishlarga sabab bo‘ldi. Norozilik to‘lqini boshqa shaharlarga ham tarqaldi. Qozog‘iston prezidenti gaz narxi oshishiga qarshi mitinglar vaqtida fuqarolarni ig‘volarga berilmaslikka chaqirdi. Hukumat iste’foga chiqarildi.
Biroq ko‘rilgan choralarga qaramay, zo‘ravonlikning yanada kuchayishi huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ochiq qarshilikka aylandi. Ushbu harakatlar ma’muriy muassasalar, ichki ishlar bo‘limlari, tinch aholi, jumladan, tibbiyot xodimlari, o‘t o‘chiruvchilarga ommaviy qurolli hujumlar ko‘rinishida kechdi.
Qozog‘istonda 10-yanvar - milliy motam kuni
5 yanvar kuni Olmaotada ma’muriy va harbiy obyektlarga hujumlar uyushtirilgan, aeroport egallab olingan, yo‘lovchi va yuk samolyotlari ushlab turilgan. Olmaota shahar ichki ishlar departamenti binosi atrofidagi jang ikki kecha davom etdi.
Tartibsizliklar ortidan butun mamlakat bo‘ylab 19-yanvargacha favqulodda holat joriy etildi, aksilterror operatsiya boshlandi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hujum qilganlar orasida radikal islomiy guruhlar tarafida "qaynoq nuqtalar"da jangovar qatnashish tajribasiga ega bo‘lgan bor.
Respublika IIV ma’lumotlariga ko‘ra, bu voqealarda 17 nafar harbiy halok bo‘lgan, 1300 nafari yaralandi. Qurbonlarning umumiy soni aniqlanmoqda.
Prezident Qasim-Jomart Toqayev “terrorchilik tahdidini bartaraf etishda” KXShTdan yordam so‘radi.
Tashkilot tinchlikparvar kuchlarini Qozog‘istondagi vaziyatni yaxshilash uchun mamlakatga yubordi. Ularning Tinchlikparvar kuchlarining qisqa muddatda Qozog‘istonda bo‘lish davridagi asosiy vazifasi o‘ta muhim strategik obyektlarni qo‘riqlash edi.
13 yanvar kuni Qozog‘istondan KXShT tinchlikparvar kuchlarini olib chiqish boshlandi. Bu qariyb 10 kun davom etadi.

Mavzuga oid:

Qozog‘istondagi ommaviy tartibsizliklar
O‘zbek-qozoq chegarasida vaziyat qanday
Mirziyoyev va Toqayev telefon orqali muloqot qildi
Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston xalqiga ta’ziya yo‘lladi
TIV: O‘zbekiston fuqarolarining Qozog‘istonda hibsga olingani haqida ma’lumot yo‘q
Yangiliklar lentasi
0