Shavkat Mirziyoyev Aleksandr Lukashenkoning so‘zlariga munosabat bildirdi - video

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev na zasedanii Soveta bezopasnosti
Shavkat Mirziyoyev na zasedanii Soveta bezopasnosti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.01.2022
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev Lukashenkoning so‘zlariga munosabat bildirdi.
TOShKENT, 13 yanv — Sputnik. Mudofaani boshqarish milliy markazida 13-yanvar kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Unda Shavkat Mirziyoyev Aleksandr Lukashenkoning so‘zlariga munosabat bildirdi.
"Kuni kecha ba’zi davlat rahbarlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Qozog‘istonda bo‘lib o‘tgan voqealardan saboq chiqarishi lozimligi haqida asossiz bayonot berildi.
Biz mintaqadagi vaziyatni, xavfsizlikka bo‘lgan barcha xavf-xatarlarni diqqat bilan kuzatib borapmiz.
Har qanday tahdidga nisbatan munosib javob qaytarish va zarba berish uchun biz yetarli kuch va salohiyatga egamiz", dedi davlat rahbari.
Eslatib o‘tamiz, 10-yanvar kuni Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko KXShT kengashining navbatdan tashqari yig‘ilishida Tashkilot davlatlari Qozog‘istondagi namoyishlardan saboq olishi kerakligini aytgandi. O‘zbekiston bu holatga alohida e’tibor qaratishi kerakligini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, shunday aytish uchun tezkor ma’lumotlar mavjud.
Yangiliklar lentasi
0